Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki
hizmat turi yaratish bo’yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi:
birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy
kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning
asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni
kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g’oyalar tanlanayotganda
ulardan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan
tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo’lishi
lozim. Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni
amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda biznesning imkoniyatlarini
birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo’lgan eng muhim uskunalardan biri
texnologik platformalardir.
Dostları ilə paylaş: