Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

konsortsiumlar
egallaydi. Raqamli innovatsion sohada konsortsiumni juda katta ilmiy izlanishlar 
talab qiladigan va juda katta investitsiyalarga muxtoj bo’lgan loyihalarni amalga 
oshirishda banklar, kompaniylar, tashkilotlar, firmalar va ilmiy markazlar orasidagi 
vaqtinchalik kelishuv (
ba’zan halqaro miqyosdagi
) deb tushuntirish mumkin. 
Konsortsiumning o’ziga xos hususiyati shundan iboratki, unga kirayotgan 
hamkorlar (
konsortsium maqsadlariga bog’liq bo’lmaganlardan tashqari

o’zlarining iqtisodiy va huquqiy mustaqilliklarini saqlab qoladilar. Undan tashqari, 
konsortsium vaqtinchalik birlashma bo’lib, qo’yilgan maqsadlarga erishilganidan 
so’ng, o’z faoliyatini tugatadi. Raqamli innovatsion tadbirkorlik tuzilmalarining 
eng murakkab ko’rinishlaridan biri, ishlab chiqarish, transport, savdo va banklarni 
birlashtiradigan 
kontsern
hisoblanadi. Kontsernning ishtirokchilari sifatida 
murakkab innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun kuchlarini birlashtirgan 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
alohida korxona va tashkilotlar, firmalar, banklar va investitsion kompaniyalar 
bo’lishi mumkin. Yirik korxonalar raqamli innovatsiyalarni o’zlashtirishda 
kichiklariga qaraganda quyidagi bir qancha afzalliklarga ega bo’ladilar: 

Juda katta moliyaviy mablag’larni jalb qila olish, chunki katta innovatsiyalr 
juda katta mablag’lar va zahiralar talab qiladi; 

 Ko’zda tutilmagan moliyaviy, tashkiliy va boshqacha qiyinchiliklar tug’ilganda, 
ularni birgalikda hal qilish imkoniyati; 

Ko’p maqsadlarni ko’zlagan holda innovatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati; 

Turli xil yo’nalishlarga oid olimlar, injener-texnik xodimlar va ixtirochilarni 
jalb qila olish imkoniyati; 

Halqaro loyihalarda qatnasha olish va natijalarni ham halqaro bozorga olib 
chiqa olish; 

Bir qancha innovatsion g’oyalarni bir vaqtda amalga oshira olish imkoniyati. 
Bularning barchasi birgalikda raqamli innovatsion faoliyatning samaradorligini 
bir necha marta oshiradi 
(sinergetik effect
). Amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, katta 
va kichik korxonalarning raqamli innovatsion faoliyati o’zaro bog’liqdir. Masalan, 
katta korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan yangi mahsulotlarni bozorlarga 
yetkazib berish, ularni homashyo va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, ularga 
hizmat ko’rsatish, ularni ta’mirlash va shunga o’xshash boshqa ishlarni bajarish 
uchun kichik korxonalar katta firmalar bilan hamkorlikda ishlaydilar va natijada 
ularning o’zaro aloqasi kengayadi hamda mustahkamlanadi. Bu esa o’z navbatida 
raqamli innovatsion tadbirkorlik uchun yanada yangi imkoniyatlar yaratadi. 
Raqamli innovatsion jarayonning kuchayishi uchun hizmat qiladigan kichik 
tashkiliy tuzilmalar ichida eng muhimlari venchur, injiniring va yangiliklarni 
amaliyotga tadbiq qiladigan firmalar hisoblanadi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin