Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda o’zlashtirishga
) qaratilgan bo’lib, u
davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va ta’limning birgalikdagi o’zaro foydali
sinergetik (
bir-birini kuchaytiruvchi
) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu
tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez
sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Raqamli innovatsion tizimning pirovard
maqsadi - akademik yoki amaliy fan sohalaridan (
yoki rivojlangan
mamlakatlardan
) ilmiy-amaliy natijalarni olishga, yangiliklarni tijoriylashtirishga
(
ya’ni ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanishga
), g’oyalarni ommaviy ishlab
chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi raqamli mahsulotlarga to’ldirishga va
buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir.
Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma-ket (
va doimiy
) ravishda bajarilishi
bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot va unga mos bo’lgan raqamli innovatsion
tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy muammolarining yechimiga olib keladi,
ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur
bo’lgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Buni raqamli
innovatsion tizimning nimalarni amalga oshirishi kerakligini oddiy ko’rinishda
ifodalaydigan quyidagi chizma orqali aks ettirishimiz mumkin:
Fundamental bilim,
g’oyalar, ixtirolar va ilmiy
yangiliklar
Amaliy ilmiy izlanishlar va
amaliy fan
Bozorga chiqish
Mahsulotlarni yalpi ishlab
chiqarish
Yangiliklarning multiplikativ
tijoriy samara berishi uchun
kompleks infratuzilmasini yaratish
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Turli mamlakatlarda bunday raqamli innovatsion tizimning qanday ko’rinishda
iqtisodiy amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakat oldiga qo’yilgan strategik
maqsadlarga monand ravishda amalga oshiriladi. Masalan, Frantsiyada raqamli
innovatsion tizimning asosiy maqsadi, qo’shimcha ish joylarini yaratish bo’lsa,
Germaniyada bu maqsad progressiv raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdir.
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning asosiy maqsadi esa, mamlakatni
nafaqat information-texnologik yo’nalishda barqaror rivojlantirish, balki bu holatni
iqtisodiy-ijtimoiy yo’nalishda ham amalga oshirishdir. Bu esa quyidagi maqsadlar
majmuini amalga oshirishni ko’zda tutadi:
Raqamlashtirish vositasida iqtisodiyotning turli xil sohalarida qo’shimcha ish
joylarini yaratish;
Ilmiy bilimlar talab qiladigan raqamli mahsulotlar hajmini va aholining
daromadlarini oshirib, byudjetning turli xil tushumlarini ko’paytirish;
Raqamli texnologiyalar yordamida aholining madaniy-ma’naviy, ta’lim va
bilim darajasini oshirish;
Mamlakat iqtisodiyotiga yangi turdagi raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish
korxonalari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng miqyosda jalb qilish;
Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik
muammolarni hal qilish.
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat
ko’rsatishi ko’p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga
bo’lgan yondoshuviga ham bog’liq bo’ladi va bu makroiqtisodiy siyosatda,
normativ va huquqiy ta’minotda, raqamli innovatsion tizimning bevosita va
bilvosita boshqarilishida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham bunday raqamli
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali,
ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va
tabiiy hususiyatlari bilan
aniqlanadi. Bunga mos ravishda raqamli innovatsion tizimning bir qancha
darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida,
regional – viloyatlar miqyosida va lokal – raqamli innovatsion iqtisodiyotni bir
tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal raqamli innovatsion tizim
o’z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o’rta biznes
firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati
moliyaviy hizmatining
an’anaviy hamda yangi ko’rinishlarini, yangi raqamli texnologiyalar bozorini va
davlatning bevosita va bilvosita ko’magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab
chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o’z tarkibiga raqamli tizimning barcha
tashkil etuvchilarini, shu jumladan, ilmiy-texnologik
va ijtimoiy-iqtisodiy
yo’nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning
mohiyati - asosan tashqi va ichki ta’asirotlarga bardoshli bo’lgan raqamli
innovatsion tizimning tashkiliy ko’rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil
qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin.
4
Dostları ilə paylaş: