Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
faoliyatning iqtisodiy mohiyatini quyidagi chizmada ifodalangan yangiliklar
(bilimlar, texnologiyalar, innovatsiyalar
) yaratish jarajonining bir-biri bilan
bog’liq bo’lgan bosqichlari orqali tushunish mumkin:
Raqamli innovatsiyalar yaratish ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik
ishlari va ularning natijalarini hayotga tadbiq qilish
kabi yangi raqamli mahsulot
yaratish va uni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni o’ziga qamrab
olgan jarayondir. Yangiliklar kiritishning (
raqamli innovatsiyalarning
) hayotiy
tsikli amaliyotga tadbiq qilish bilangina tugamaydi,
balki u seriyali va ommaviy
ishlab chiqarish, sotish, raqamli mahsulotni tarqatish va undan foydalanish
jarayonlarini ham o’z tarkibiga oladi. Ammo ba’zi holatlarda raqamli innovatsion
mahsulot ommaviy ishlab chiqarishga, almashinuvga va iste’molga
mo’ljallanmagan bo’lishi ham mumkin.
Misol sifatida kosmik, aviatsion, atom
sanoati mahsulotlari yoki meditsina, yadro fizikasi va boshqa yuqori texnologik
sohalar uchun ishlab chiqariladigan exklyuziv (
yagona, noyob, bir nushada
)
raqamli mahsulotlarni keltirish mumkin.
Shuni ham aytish kerakki, har qanday
seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni ham innovatsion deb bo’lmaydi, albatta.
Dostları ilə paylaş: