Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Biznes-inkubator
ko’p funktsiyali murakkab kompleks bo’lib, keng 
ko’lamdagi raqamli innovatsion hizmatlar ko’rsatadi. Innovatsion firma o’z 
texnologik yo’nalishiga bog’liq ravishda inkubatordan xonalari (
yoki uskunalarni

ijaraga olib, uning innovatsion hizmatlaridan foydalanadi. Mijoz firmaning 
inkubatsion davri 2 yildan 5 yilgacha bo’lishi mumkin. Shundan so’ng u 
inkubatorni tark etib, mustaqil faoliyat ko’rsata boshlaydi. 
Texnopolis
alohida shahar asosida tashkil qilingan bir butun ilmiy ishlab 
chiqarish tuzilmasi bo’lib, uning iqtisodiyotida texnopark va inkubatorlar sezilarli 
o’rin egallaydi. Ilmiy markazlarda ishlab chiqilgan yangi mahsulot va 
texnologiyalar shaharning iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun 
ishlatiladi. Texnopolislar rivojlangan raqamli innovatsion tuzilmalar bolgan yangi 
yoki qaytadan qurilayotgan shaharlarda tashkil qilinishlari mumkin. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Ilm va texnologiya xududlari
(
regionlari
) bir butun ma’muriy 
(administrativ

hududning chegaralari bilan teng keladigan kattalikdagi xududlarni egallashi 
mumkin. Bunday xududning iqtisodiyotida texnopark tuzilmalari bilan qo’llab-
quvvatlanib turiladigan innovatsion faoliyat katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu 
yerda ilmiy ishlab chiqarish komplekslari bir butun bo’lib ishlaydi, shuning uchun 
ham ilmiy markazlarda yaratiladigan yangi texnologiyalar darhol ishlab 
chiqarishga va amaliyotga tadbiq qilinadilar. Ilm-fan va texnologiya xududida yirik 
ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko’rsatadilar. Bu 
kompleksga yana ishlab chiqarish va maishiy hizmat ko’rsatish infratuzilmalari, 
kichik va o’rta biznes korxonalari, moliyaviy institutlar va fondlar, dam olish 
zonalari va madaniy tashkilotlar kiradi. Bunday ilm-fan xududining rivojiga tabiiy 
sharoitlar, madaniy-ma’naviy holat va unga jalb etilgan inson kapitalining 
hususiyatlari katta ta’sir ko’rsatadi. Fan va texnologiya xududi o’z tarkibiga 
texnopolislarni, texnoparklarni, inkubatorlarni olib, ilmiy va ishlab chiqarish 
faoliyatini qo’llab-quvvatlaydigan keng infratuzilmaga ega bo’ladi.
Kichik innovatsion firmalar orasida alohida o’rinni “
tavakkalchilik
asosida 
ishlaydigan 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin