Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

World Economic 
Forum
ma’lumotlaridan
). Shuning uchun ham sun’iy intellect asosida ishlaydigan 
raqamli va tekin standart o’qituvchilar paydo bo’lishi bu muammolarni hal qilib 
berishi mumkin. Bu nafaqat chet tillarni o’rganishda, balki boshqa fanlarni 
o’rganishda ham qo’l keladi. Juda ham qimmat bo’lmagan planshet sotib olib, unga 
sun’iy intellektli raqamli o’qituvchini yuklab olgan holda barcha tabaqaga mansub 
insonlar ta’limni davom ettirishlari mumkin. Bir necha o’n yillardan so’ng, 
insonlarga oily ma’lumot olish huddi o’qish-yozishni bilganday oddiy bir hol 
bo’lib qolishi mumkin. 
Melinda
va 
Bill Geyts
ning ta’limni rivojlantirish bo’yicha 
REND
fondi mutaxassislari ta’kidlashicha, individuallashtirilgan ta’lim berish 
jarayoni o’quvchilarga fanlarni chuqur o’zlashtirish imkonini beradi. Har bir 
o’quvchiga individual yondoshuv nafaqat o’quv materialini tez o’zlashtirsh, balki 
fanni sevib qolish imkoniyatini ham beradi. Haqiqatan ham eng yaxshi 
o’qituvchilar har bir o’quvchiga alohida yondoshuv bilan ishlaydilar. Yaxshi 
pedagog dars berishdan tashqari, o’quvchilarni ruxlantiradi va fanga qiziqish 
uyg’ota oladi. Ammo xozirgi paytdagi maktab va universitetlarda har bir 
o’quvchiga alohida ahamiyat berishning hech ham iloji yo’q, chunki sinflarda 25-
35 tadan o’quvchi-talaba o’qiydi. Agarda hozirgi kunda universitetlarda va 
maktablarda individual o’qitish joriy qilinsa, ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilar 
soning bir necha marta ko’proq bo’lishi talab qilinadi. Buning esa moliyaviy va 
tashkiliy jihatdan imkoni yo’q, albatta. Xuddi shuning uchun ham 
o’qituvchilarning va o’quvchilarning raqamli elektron yordamchilar hamda chat-
botlardan foydalanishi muammoning bir qadar darajada yechilishiga olib keladi. 
Ammo sun’iy intellect bilan jihozlangan personallashgan raqamli o’qituvchilar 
individual ta’lim muammosini muvaffaqiyatli hal qilib berishlari mumkin. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin