Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
birga uning egasi ismi-sharifi, ish joyi, elektron imzoning amal qilish 
muddati kabilar ham yozib qo’yiladi. Ma’lumot yoki xujjat ostidagi 
imzoga esa mahfiy kalitdagi ma’lumotlar nushalanadi – bu esa o’z 
navbatida mualliflikni aniqlashga imkon beradi. Demak, ochiq kalitni 
kim jo’natgani haqidagi ma’lumotlarni yodda saqlash talab 
qilinmaydi. Bu juda ham muhim, chunki sizda bir qancha 
insonlarning ochiq kalitlari bo’lishi mumkin. 
Ammo yopiq kalitni juda ham mahfiy ravishda saqlashingiz talab 
etiladi – chunki biror bir kimsa uni bilib qolsa, u sizning elektron imzoingizni 
qalbakilashtirib, xujjatlarga imzo qo’yishi mumkin. Agarda kalitingizni 
yo’qotib qo’ysangiz, albatta zudlik bilan kerakli bo’lgan chora-tadbirlarni 
ko’ring. Va eng avvalo, bu ma’lumotni o’z potentsiyal adresatlaringizga 
tezda yetkazing – “
mening ilgarigi elektron imzoimni endilikda ishlatilmasin, 
bugun . . . . . . dan boshlab uni noto’g’ri deb hisoblang
”. Agar bu isni o’z 
vaqtida qilmasangiz, hozirgina bir qancha bo’sh qog’ozlarga imzo chekdim
istalgan inson unga istalgan ma’lumotni yozib, boshqalarga jo’natishi 
mumkin deyishingiz mumkin. Ochiq kalitli shifrlash tizimning yuqorida 
ko’rsatilgan biq qancha afzalliklariga qaramasdan, uning bir qancha 
kamchiliklari ham mavjud. Bular ichida eng asosiysi – bu usul simmetrik 
kalitli tizimga qaraganda anchagina sekin ishlaydi. Huddi shuning uchun ham 
kundalik hayotda kombinatsion usuldan foydalaniladi. Bunda ma’lumotlarni 
shifrlash uchun simmetrik (
seansli
) kalitlar ishlatilib, ular o’z navbatida 
tarmoq orqali seans kalitlarini jo’natishda ochiq kalitlardan foydalangan 
xolda shifrlanadi. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish talab etiladi: 

Bir-biriga ma’lumot jo’natmoqchi bo’lgan ikki insonikki juft kalit 
tayyorlaydi: asimmetrik shifrlash uchun mo’ljallangan ochiq va mahfiy 
kalitini hamda elektron raqamli imzoning ochiq va mahfiy kalitini; 

Bu ikki inson ochiq kalitlar bilan o’zaro almashinadilar va ulardan biri 
ikkinchisiga o’z mahfiy kaliti orqali imzolangan ma’lumotni jo’natadi; 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

Keyin birinchi inson simmetrik shifrlashning kaliti 
K
ni tasodifiy 
ravishda generatsiya qiladi va shu shifr bilan jo’natilayotgan xatni 
shifrlaydi; 

Shundan so’ng, olinadigan ma’lumotni rasshifrovka qilish mumkin 
bo’lishi uchun 
K
kalitni o’z do’stining asimmetrik shifrlash ochiq 
kalitida shifrlaydi (
simmetrik shifrlashning kalitini ochiq ko’rinishda 
jo’natish mumkin emas
) va uni shifrlangan hatga qo’shib qo’yadi; 

Ikkinchi inson shifrlangan ma’lumotni olganidan so’ng, o’z asimmetrik 
mahfiy ochiq kaliti yordamida 
K
kalitni rasshifrovka qiladi va uning 
yordamida xatni ham rasshifrovka qiladi; 

Keyin esa u do’stining xatidagi elektron raqamli imzosining ochiq 
kaliti yordamida bu xat o’z do’stidan o’zgarmagan xolda kelganiga 
ishonch hosil qiladi. 
Ochiq va yopiq kalitlarning o’zaro mos kelishini tekshirish uchun ularni 
qo’shimcha ravishda himoya qilish va identifikatsiya qilish talab etiladi. Bu 
maqsadni amalga oshirish uchun yana bir hujjat – elektron sertifikat talab 
etiladi. Elektron sertifikat ochiq kalitni uning konkret egasi yoki qandaydir 
amaliy dastur bilan bog’lab turadi. Sertifikatning o’zi ham tasdiqlangan 
bo’lishi kerak, bu bilan uning haqiqiyligi tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlashni 
sertifikatga o’z elektron imzosini qo’ygan sertifikatlash markazi amalga 
oshiradi. Sertifikatlashtirish markazi elektron raqamli imzo tizimining 
markaziy elementi bo’lib hisoblanadi. Sertifikatlash markazining ochiq 
kalitini ishlatgan xolda istalgan foydalanuvchi markaz tomonidan chiqarilgan 
sertifikatning haqiqiyligini tekshirib ko’rishi mumkin. Tekshirish jarayoni 
shunday iboratki, unda sertifikat egasining nomi bilan ochiq kalitning mos 
kelishi tekshiriladi. Ochiq kalitlar infratuzilmasi kriptografiya asosida 
himoyalangan tarmoq ulanishlarini tashkil qilishda (
masalan, S/MIME, SSL, 
IPSEC
) turli xil amaliy ilovalarda (
masalan, elektron pochta, web-ilovalar, 
elektron tijorat
) yoki elektron xujjatlar elektron raqamli imzolarini xosil 
qilishda ishlatiladi. Har qanday ochiq kalitli kriptografik algoritmlar kabi 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
elektron raqamli imzoning Internet muhitida ishlatilishi juda ham qulay –siz 
o’z ochiq kalitingizni imzo qo’yilgan ma’lumotni kerakli insonga 
jo’natishingizdan avval istalgan adresatga jo’natishingiz yoki ochiq kalitni 
Internetdagi biror bir resursga joylashtirib qo’yishingiz mumkin. Lekin bunda 
havfsizlik darajasi biroz pasayadi, chinki ochiq kalitlar almashtirilib 
qo’yilishi mumkin. Ammo, ochiq kalitlarni almashtirib qo’yishga qarshi 
kurash usuli mavjud – bu ularning sertifikatsiyasini amalga oshirishdir.
Endi ochiq kalitlarning infratuzilmasi (
Public Key Infrastructure - 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin