Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali
virtual savdoni amalga
oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud
bo’ladi. Ular real xayotdan orttirgan «
qimmatli»
tajribalarini
muvaffaqiyatli
ravishda virtual dunyoda xam qo’llab ko’rishni judayam xoxlaydilar. Firibgarlar
orasida Internet piramidalarini tuzib boyishga xarakat qiluvchilar birinchi o’rinda
turishadi. Keyingi o’rinda maxsulot va xizmatlarni
juda past narxlarda taklif
qiladiganlar bo’lib, mijoz pulni o’tkazganidan so’ng, uning o’rniga xech narsa
ololmaydi. Undan keyingi shoxsupada kompyuter va uning dasturiy ta’minotini
«
sotuvchi
» lari turadi. To’rtinchi o’rinni internetda xilma
xil ish va tadbirkorlik
faoliyatini tashkil qiluvchilar egallaydi. Nixoyat, oxirgi o’rinda uyda biror bir ish
bajarishni taklif qiluvchilar turishadi. AQSh Federal Savdo Komissiyasining
reytingiga asosan firibgarlar orasidagi eng ommabop
mexanizm piramida tashkil
qilish va uni risoladagiday yurgizishdir.
Tarmoqdagi piramida
larning eng oddiy usuliga misol bo’lib
zanjir
bo’ylab xat jo’natish
kiradi. Bunda Siz biror bir
kimsadan xat olasiz va unda
boshqa bir qancha odamning nomi va manzili ko’rsatiladi. Sizga bu shaxslarning
birinchisiga masalan 100 so’mdan jo’natish va uning o’rniga ruyxat oxiriga o’z
nomingizni yozib qo’yish taklif qilinadi. Keyin ushbu xatni o’z tanishlaringizdan
bir qanchasiga jo’natish kerakligi ko’rsatiladi. Siz menga xam nixoyat baxt kulib
boqdi va kaminaga katta miqdordagi mablag’ ishlab olish imkoniyati yaratildi deb
juda xursand bo’lib, bu o’yinga qo’shilishingiz mumkin. Lekin keyinchalik xech
nima ololmasangiz xafa bo’lmang, chunki bu xatni
eng birinchi yuborgan odam
allaqachon tegishli pulni ishlab olib, juftakni urgan
va Siz endi xech nima ola
olmaysiz. Piramidaning ikkinchi usuliga
Dostları ilə paylaş: