Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ma’lum miqdorda badal to’lash so’raladi. Sizga boshqalarni yollash xuquqi qayd
qilinganingizdan so’nggina beriladi. Xar bir yollangan inson uchun va Siz yollagan
shaxslar yollagan odamlar uchun xam Siz ma’lum
miqdorda pul xam olasiz va
ishga qiziqib ketasiz. Shunday qilib, piramidaning eng tepasida turganlarning katta
miqdordagi pul ishlab olishlariga imkoniyat tug’iladi. Odamlar yollab turilganda
va pul miqdori xali ancha katta bo’lgan xolda bunday firma juda xam faol ravishda
ishlab turadi, ko’pchilik
firibgarlikni tushunib qolib, ularning ishlayotgan puli
miqdori ancha kamayganida, piramidaning asoschilari qaergadir g’oyib bo’ladilar
(
Bermud orollariga yoki dam olish maskanlariga
). Bunda ko’pincha obrazli qilib
«
Piramida quladi
» deydilar.
Piramidaning yana bir turi
ko’p bosqichli marketing (
multi-le
v
el
marketing
-
MLM
) deb ataladi. U yuqoridagi piramidadan printsipial jihatdan farq
qilmaydi, lekin unda nafaqat yangi a’zolar jalb qilinadi, balki biror bir real tovar
sotilishi xam tashkil qilinadi. Masalan, rasmlar, parfyumeriya
maxsulotlari, dietik
oziq-ovqat maxsulotlari,
oziq-ovqatga
«qimmatli va foydali
» bioqo’shimchalar,
meditsina preparatlari va xakozolar. Oddiy sotuv shaxobchalarida bunday tovarlar
unchalik chaqqon sotilmasligi uchun (
chunki ular ancha qimmat va unchalik
foydali xam emas)
uni kuchli va ta’sirli reklama asosida piramida a’zolariga sotish
amalga oshiriladi. Bunda asosiy shart – ma’lum miqdordagi oylik sotuv xajmiga
erishishdir. Piramida a’zolari distribyuterlar deb ataladilar
va sotuvdan tushgan
mablag’ning bir qismiga egalik qilish xuquqiga egadirlar. Lekin pulning asosiy va
katta qismi bunday turdagi piramidani tashkil qilgan asoschilar xamyoniga tushadi,
albatta.
Dostları ilə paylaş: