Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
jo’natish kombinatsiyasi orqali amalga oshiriladi.
Lekin bir kunmas bir kun
shunday noqulay vaqt keladiki, Sizning pulingiz ham, foizingiz ham izsiz g’oyib
bo’ladi. Misol sifatida
Pontsi loyixasi
ni keltirish mumkin. U o’z kompaniyasiga
investitsiya qilishni taklif qiladi va bunga ishonganlarga katta foiz va’da qiladi.
Investorlarning pullariga esa mazza qilib boy yashaydi. Investorlarning biridan
olingan mablag’ning bir qismini boshqasiga jo’natib, ularga bergan va’dasini
bajarib turaveradi. Investorlar ko’plab jalb qilinganda bu tadbir yaxshi ishlaydi,
lekin ularning soni juda xam ko’payib
ketganda, ularga jo’natish uchun mablag’
yetmay qoladi va natijada loyixa xam barbod bo’ladi.
Internet orqali xech qaerda qayd qilinmagan aktsiya yoki boshqa turdagi
qimmatli qog’ozlar sotib olish xam firibgarliklarning biror bir turiga mansub
bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Lekin bunday ishlar xam Internet orqali amalga
oshiriladigan ajoyib biznes deb tushuntirilishi mumkin.
Kreditlarni tozalab berish
takliflari, offshor zonalarda bank operatsiyalarini o’tkazib berish kabi qiziqarli
takliflar, elektron pochta orqali Siz katta miqdordagi pulni yutganligingiz xaqidagi
xabarnoma («
Siz faqatgina pulingizni sizga jo’natish uchunbizga 10 dollar
jo’natsangiz kifoya, katta miqdordagi yutuq pulingizni olasiz» degan ajoyib taklif
bo’ladi
) kabi takliflarning barchasi Sizdan ma’lum bir miqdorda pul mablag’i
undirib olishga yo’naltirilgandir. Boshqa turdagi firibgarliklarga ajoyib dori-
darmonlar, ozuqa moddalari, ozdiradigan preparatlar, uy ofisda bajariladigan ishlar
taklifi kabilarni kiritish mumkin. Masalan, Sizga uyda o’tirib Internet orqali
bajariladigan
ish taklif qilindi, deylik. Firmaga borganingizda, bu ishga mos
kompyuter va programmaviy ta’minot sotib olishingiz yoki faqatgina mana bu
provayderda ishlashingiz so’ralishi mumkin. Demak, bunday firibgarlar Sizga o’z
maxsulotini yoki xizmatini o’tkazmoqchi, degan xulosa chiqadi albatta. Fosh
qilingan bir firibgarlikni tavsif etamiz. Bir firibgar o’ziga
internet.com
degan
server ochib, uni kompyuter qurilmalari bo’yicha virtual
magazin deb atadi va
undagi tovarlarga juda past baxo belgiladi. Qiziqqan shaxslar unga pul jo’nata
boshladilar va u ularga talabingiz bajariladi deb javob jo’natadi. Ma’lum bir
vaqtdan so’ng qurilmalar o’z vaqtida olinmaganligi sababli, talabnoma jo’natganlar
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
talablarini rad qilib, o’z pullarini qaytarib ola boshladilar.
Firibgar esa bu
pullarning o’rtacha qiymati o’z bankida turgan vaqti uchun foiz olib juda yaxshi
xayot kechirgan. Yana bir firibgarlik
Dostları ilə paylaş: