Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Internetga pul qo’yishga asoslangan firibgarliklar



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Internetga pul qo’yishga asoslangan firibgarliklar 
Internetda pul qo’yish asosida firibgarlik bilan shugullanadigan saytlar soni 
juda ham ko’p va ular ko’pincha webmoney hamda 
Yandex.Dengi
elektron to’lov 
tizimlari orqali bu ishni amalga oshiradilar. Ushbu saytlarda ko’yilgan pullardan 
olinadigan foiz stavkasi va foyda juda katta deb sodda odamlar astoydil 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
ishontiriladi. Nega bunday degan savolga ular, biz eng malakali va professional 
moliyachilarni o’z kompaniyamizga jalb qilganmiz deb aytadilar. Kapitalni 
boshqaruv qanday amalga oshadi degan savolga esa ular, valyuta bozori 
Forex
ni, 
juda perspektiv aktsiyalarga pul tikishni, loyixalar ichki qaytaruv normasi juda 
foydaliligini, xalqaro moliyaviy bozorlarda ish olib borishlarini misol qilib 
keltirishlari mumkin. Ammo ko’pincha bunday takliflar ortida moliyaviy 
piramidalar, ko’p tarmoqli fiktiv marketing tizimlari yoki pul yig’ib olishga 
mo’ljallangan bir kunlik saytlar turadi. Bunday saytlarning boshqalaridan asosiy 
farqlari bergan savollaringizga chala-chulpa javoblar berish, tekin xostinglarda 
turish va olinadigan foizlarning juda xam katta bo’lishi va huddi shuning uchun 
xam ishonchga sazovor emasligidir.
Internet lotoreyada juda katta pul yutganlik xaqidagi firibgarlik 
Ko’pchilik insonlar g’oyibdan katta pul kelishini yoki lotoreyadan katta 
miqdordagi pul yutib olishni orzu qilishadi. Firibgarlar xuddi shu orzuga osongina 
erishishni va’da qilib, sizning oxirgi pulingizni ham shilib oliga xarakat qilishadi. 
Bunda sizning elektron pochtangizga xat kelib, sizni katta xalqaro loyixa yoki 
internet resurslar doirasida o’tkazilgan o’yinda juda katta miqdordagi yutuq egasi 
bo’lganligingizni bildirishadi. Yutug’ingiz esa chiroyli qilib, ko’p miqdordagi 
nollar vositasida ko’rsatiladi. Pulingizni olishingiz uchun esa sizdan bir qancha 
xujjatlar so’raladi. Siz bu xujjatlarni jo’natganingizdan sung, endi pulni sizning 
nomingizga notarius orqali o’tkazish masalasi qo’yiladi va ushbu notariusning 
elektron pochta manzili va sayti ko’rsatiladi. Siz noturius bilan aloqa qilganingizda 
u xam sizdan bir qancha ma’lumotlarni junatishingizni so’raydi. Undan so’ng sizga 
minnatdorchilik bildirib, pul jo’natilishga tayyor va sizdan pulni xavfsiz jo’natish 
uchun sug’urta qilish so’raladi. Keyin sizdan sug’urta summasini qandaydir to’lov 
tizimi, masalan 
Webmoney
orqali jo’natishingiz taklif qilinadi. Xuddi shu pul 
firibgarlar uchun sizning sovgangiz bo’ladi va endi siz o’z pulimdan ajraldim 
deyishingiz mumkin.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin