Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Tekin mobil aloqa firibgarligi 
Internetdagi mobil telefonlarda gaplashishi bilan bog’liq yana bir 
firibgarlikning nomi tekin mobil aloqa deb nomlanadi va bunda bir martagina 
to’lovqilib, istalgancha gaplashish mumkin degan afsonaga ishontirishga xarakat 
qilinadi. Bunda firibgarlar mobil telefonga qandaydir o’zgartirish kiritib, bu 
o’zgarish telefondan tekin qungiroq qilishga imkon beradi deb ishontirishga 
xarakat qiladilar. Buning bir qancha usullari taklif etiladi. Bunday ishni sizga 
noma’lum bo’lgan bir “
dohiy
” injener telefonga maxfiy kodlarni o’rnatish, unda 
maxsus dasturiy ta’minotni ishga tushirish yoki mobil telefonga qo’shimcha 
chiplar o’rnatishlar sifatida taklif qiladi. Ammo agar siz buning qanday qilinishini 
bilmoqchi bo’lsangiz, bu usulni bilishingiz uchun ma’lum miqdorda pul so’raladi. 
Ular o’z takliflarini sizga murakkab elektron sxemalar, dasturlar yoki chiplarning 
tuzilishi ko’rinishida taqdim etadilar. Bu takliflar bilan tanishib chiqqan malakali 
mutaxassislarning fikricha, bunday ishlarni qilish mumkin emas va bunday 
takliflarning ijodkorlari internetdagi pixini yorgan oddiygina firibgarlardir.
 
Internetda mahsulot va hizmatlar sotib olishdagi firibgarliklar
 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Oddiy magazinlarda turli xil maxsulotlar sotib olishdagi singari, internet-
magazinlarda xam turli xildagi firibgarliklar va aldovlarga duch kelish mumkin. 
Bunda aldov xaridorga juda katta foyda keltiruvchi reklama taklifi sifatida 
boshlanadi. Bunda juda sarxil maxsulot, juda past narx, katta miqdordagi 
chegirma, qisqa vaqt davom etadigan maxsus taklif orqali ishonuvchan va laqma 
xaridorlar aldanishlari mumkin. Sotuvga qo’yilgan maxsulot soxta, originalning 
nusxasi, brak maxsulot bo’lishi mumkin (
yoki umuman bo’lmasligi xam mumkin
). 
Ba’zi vaqtlarda bunday firibgarliklar bilan internetdagi kim-oshdi savdolari yoki 
soxta magazinlar xam shugullanishlari mumkin. Bunday soxta takliflar forumlarda 
va internetdagi elektron e’lonlar doskalarida xam uchrashi mumkin. Qanday qilib 
bunday firibgarlarni aniqlash mumkin? Buning uchun tovar sotayotgan saytni 
yaxshilab o’rganish, tegishli xujjatlar, kontakt ma’lumotlar, bu sayt xaqidagi 
taqrizlar va unda taklif qilinayotgan narxlar bilan yaxshilab tanishish, juda arzon 
narxlarga ishonmaslik va ularni boshqa saytlardagi shunga o’xshash ma’lumotlar 
bilan solishtirish kerak. Agar internetdagi taklif juda xam foydali bo’lsa, demak bu 
yuz foiz firibgarlarning ishi deyish mumkin. Firibgarlar makriga uchmaslik uchun 
yaxshi tekshirilgan xamda obruli internet-magazin va auktsionlardan foydalanish 
tavsiya etiladi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin