Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Internetda pul ishlashni taklif qilish



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Internetda pul ishlashni taklif qilish 
Bu firibgarlikning asosini internet foydalanuvchilariga katta pul ishlashning 
maxfiy usulini taklif qilishqiladi. Bunda ko’pincha kuniga 100 dollar ishlash 
imkoni taklif qilinadi. Ma’lumot o’zbeklarga o’zbek tilida, ruslarga rus tilida va 
qozoqlarga qozoq tilida biror bir ko’rinimli inson yoki insonlar misolida 
tushuntiriladi: “
Mana bu odam hech qaerda ishlamaydi, ammo shu usul tufayli 
pullarga ko’milib ketdi, sizning undan qanday kamligingiz bor
”, - deb reklama 
qilinadi. Bu imkoniyatga ega bulish uchun esa atigi 5-10 dollar tulashingiz kifoya 
qiladi, deb ta’kidlanadi. Ammo, tekin va mexnatsiz daromad qilish real xayotda 
xam, internetda xam mavjud emasligini yoddan chiqarmang.
Karting 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Internet firibgarlikning bu turi bank plastik kartalari bilan bogliq. Firibgarlar 
plastik kartalar bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni bilishga xarakat qiladilar va 
agar omadlari kelsa, ulardagi pullarni yechib olib, yaxshigina daromad qiladilar. 
Plastik kartalar xaqidagi ma’lumotlarni bilish turli xil usullar bilan amalga 
oshirilishi mumkin, masalan, fishing vositasida, internet magazinlar orqali va 
virtual kim-oshdi savdolar tashkil qilish yordamida. Ular xech nima sotmaydilar va 
xech qanday xizmat ko’rsatmaydilar - maqsadlari faqatgina boshqalarning plastik 
kartalari xaqidagi ma’lumotlarni to’plash va keyinchalik ularning pullarini 
o’marishdir.
Valyuta almashtirish bilan bog’liq firibgarliklar 
Tarmoqdagi bu faoliyat turi bilan shugullanadigan firibgarlar insonlarni 
elektron valyutalar kursi bizda va chet elda katta farqqa ega ekanligiga 
ishontirishga urinadilar. Ular turli xil hisob-kitoblar orqali laqma fuqarolarni shu 
tufayli millionlar ishlab olish mumkinligiga ishontiradilar. Agar kimdir ularning 
to’riga tushib qolsa, o’z pullaridan ajralishi aniq bo’ladi-qoladi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin