Uber,
Alibaba Group, Amazon, Kriptovalyuta
va
Blokcheyn
kabi butunlay yangi biznes
modellar paydo bo’layapti va ular xaridor va mijoz orasida bevosita munosabat
o’rnatishga imkon berayapti. Huddi shunday transformatsiya moliya, bank,
sug’urta kabi sohalarda ham ro’y berayapti. Raqamli ishlab chiqarish va
insonning raqamli nushasi paydo bo’lganidan so’ng, ishlab chiqarish modeli ham
tubdan o’zgarib ketadi. Bular esa information texnologiyalarning asta-sekinlik
bilan insonlar o’rnini egallashiga olib kelib, ishlab chiqarish unumdorligini keskin
oshiradi – huddi shu holatni raqamli iqtisodiyot deb tushuniladi
”. Ammo
mamlakatimizning texnik jihatdan anchagina qoloqligni hisobga olsak, raqamli
iqtisodiyotdan olinadigan foyda miqdori, unga sarf qilinadigan harajatlardan
birmuncha ko’p bo’lishini ko’rishimiz mumkin.
Hosirgi paytda Xitoyda elektron savdo uchun Jahon savdo tashkilotiga
o’xshash global platforma tashkil qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Bu holda
global elektron savdoning barcha ishtirokchilaridan soliq undirishni ham Xitoy
davlati o’z qo’liga oladi. Ammo bu sohada boshqa davlatlar – AQSH, Yaponiya,
Evropa Ittifoqi va Rossiya ham faol ishlar olib borib, elektron savdodagi o’z
ulushlarini qo’lga kiritish umididadirlar. Bunday katta ekotizimlarda katta
kompaniyalar bir birlari bilan kurashadilar, kichkina kompaniyalar esa elektron
savdoning yangi imkoniyatlaridan foydalangan holda ushbu ekotizimda o’z
joylarini topa oladilar.
Raqamli iqtisodiyotga o’tish kabi global masalada ko’p narsa davlatning
unga qanday munosabatda bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Hozirgi paytda
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
mamlakatimiz raqamli iqtisodiyotga o’tish tomon ilk qadam tashladi, keyin ishlar
qanday kechishini yaratilgan dastur va raqamli iqtisodiyotga o’tish kontseptsiyasi
ko’p jihatdan aniqlab beradi. Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni
qanday tasavvur qilish mumkin? Fikrimizcha, bu ob’ektiv jarayon bo’lib, uni
to’xtatib turishga bizda imkon yo’q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon
singari, unda ham ijobiy hamda salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda
raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va qo’l mehnatining texnologiyalar bilan
almashtirilishi hisobiga ish o’rinlari ancha miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa
qulaylikning vujudga kelishi, ishlab chiqarish unumdorligining oshishi, oldin
hayolga ham kelmagan yangi imkoniyatlarning paydo bo’lishidir. Ammo asosiy
muammo bunda ham emas, muammo inson bilan bog’liq – inson ham bunday
global o’zgarishlarga tayyormi? Ilg’or texnologiyalar katta siyosiy g’alayonlar,
to’qnashuvlar, misli ko’rilmagan tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar
va inqiloblarga olib kelmaydimi? Robotlar va sun’iy intellect tizimlari insonlar
o’rnini egallab olib, ularning raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli
transformatsiya insoniyat evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga
nazar solsak, bunday o’zgarishlar ko’p martalab sodir bo’lgan. Yangi
texnologiyalar hosil bo’lib, ular odatiy mutaxassisliklarning o’rnini egallaganlar.
Ammo bularning natijasida insonlar ko’pchilik xollarda manfaat ko’rganlar holos.
Moslasha olmaydiganlar uchungina bunday jarayonlar yomon bo’lib chiqqan,
albatta. Lekin, ko’pchilik insonlar moslasha oladilar va buning natijasida insoniyat
hayoti yanada farovon va yanada yaxshi bo’lib botraveradi.
Raqamli axborot bozori asosiy hususiyatlaridan biri – qaror qabul qilishdagi
tezkorlik va osonlikdir. Salmoqli ishlab chiqarish bazasi bu yerda oxirgi o‘rinda
turadi. Abadiy bo‘lib ko‘ringan va tarmoq bozorlarida juda katta ulushlarga ega
bo‘lgan ulkan korporatsiyalarsanoqli yillar ichida umuman tarixga ega bo‘lmagan
kompaniyalarga o‘rnini bo‘shatib beradi.Shunday qilib,«raqamli» modasi o‘tib
ketishini poylab o‘tirish mumkin emas. Bu evolyusiyaning tabiiy va shafqatsiz
bosqichi bo‘lib, unda o‘tgan asr qoidalari va ko‘lamlari bilan yashayotganlar qolib
ketadi. Bu yerda ularni dinozavrlarga o‘xshatish juda o‘rinli bo‘lar edi.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Infonomika
– nisbatan yangi bir fan bo‘lib,axborot qiymatini iqtisodiy aktiv
sifatida asoslab beradi. Ushbu uslubiyat mualliflarima’lumotlarni alohida fayllar
bilan emas, balki kompleks ravishda baholashni tavsiya qiladilar va axborot
qiymatining asosiy mezonlaridan biri sifatida ochiqlikdan foydalanishga chaqiradi
– axborot olish qanchalik qiyin bo‘lsa, u shunchalik qimmat bo‘ladi. Bunda aloqa
kanallarini baholash –axborot qiymati muayyan kommunikatsiya sektori
doirasidagi foydasi, ta’sir darajasi, miqdori va manfaatdor tomonlar uchun
ochiqligi bilan belgilanadi.Algoritmlarni monetizatsiya qilish –ularning iqtisodiy
salohiyati aniqlanadigan jarayon. Baholash algoritmi esa – muayyan, universal
tovar bo‘lib, turli bozorlar va tarmoqlarda qo‘llanishi mumkin.Axborot tovar
sifatida ushbu bosqichda jarayonlar, texnologiyalar va algoritmlarni iqtisodiy
asoslab berish uchun javobgar bo‘lgan markazlashtirilgan organga ega emas.
Shunday qilib,axborot aktivlarini baholashda aniq me’yorlar mavjud emas. Lekin
aynan u uddaburon va tadbirkor kompaniyalar va shaxslar oldida ulkan foyda
olamini ochib beradi. Kim birinchi bo‘lsa – u istaganini oladi, undan keyingilar esa
faqat qolgan narsalarni olishlari mumkin bo‘ladi (ya’ni, barcha narsa g’olibga
tegadi).Biznes yuritishning eski sxemalarini yuz foiz anaxronizm deb hisoblash
uzoqni ko‘ra bilmaslik bo‘lar edi. Tarmoqlar o‘rtasidagi chegaralar yo‘q
bo‘lmoqda, yangi imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda, lekin har qanday tijorat
munosabatlarining asosida doimo bitta oddiy istak – tovar yoki hizmat sotish yoki
sotib olish istagi yotadi.Mavjud aktivlarni o‘zgargan o‘yin qoidalariga ongli
ravishda moslashtirish bunday vaziyatda yagona to‘g‘ri va, asosiysi, samarali
yechim bo’lib hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda raqamli
iqtisodiyotjarayoni quyida ko’rsatilganlarni o‘zgartirishdir deyishimiz mumkin:
biznes yuritish modellari va mavjud hizmatlar portfelini;
mijozlar va hamkorlar bilan munosabatlarda xulq-atvor standartlarini;
shaxsiy tarkibni o‘qitish va motivatsiya qilishga alohida e’tibor qaratgan
holdagi korporativ madaniyatni;
virtuallashtirish, ya’ni, bulut texnologiyalarni joriy qilgan holda IT-
bo‘limlar javobgarlik darajasi va reglamentni;
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yangi texnologiyalar, muhitning dasturiy-apparat talablari, mijozlar va
hamkorlarning
manfaatlarini
hisobga
olgan
holda
kompaniya
infratuzilmasini tashkil qilishni.
Yuqorida ko‘rsatilganlaryana shunisi bilan diqqatga sazovorki, ko‘rsatilgan
bandlardan istalgan birini yaxshilash maqsadidagi o‘zgarishlarjarayonga passiv
aktivlarni chetda qoldirgan holda kompaniya biznes-modellariniva u bilan
ishlaydigan elementlarni jalb qilish mumkin. Faqat shu yerda va hozir ishlash
uchun kerak bo‘lgan sektorgina o‘zgaradi. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot
o‘zgaruvchan jismoniy aktivlarga nisbatan mobil bo‘ladi. Yangi texnologiyalarni
tufayli mavjud fondlar va mexanizmlarni buzmaslik kerak.O‘z vaqtida
o‘tkaziladigan audit va ro‘y berayotgan xodisalarni yaxshi tushunish – to‘g‘ri
yo‘nalishda harakat boshlash uchun yetarli bo’lgan stimullardir.
Dostları ilə paylaş: |