Groupon kompaniyasi dunyo bo’ylab
20 dan ortiq yangi bozorlarni o’zlashtirib oldi.
Alando.de deb nomlangan
eBay ning kloni esa 1999 yilda
eBay ga $54 miilonga sotildi. Turli xil mamlakatlarda
yaratilgan klonlarni sotib olish biznesning boshqa davlatlarga expansiysi
strategiyalaridan biri bo’lib qolishi ham mumkin, chunki muvaffaqiyatli klon
yaratish va uni yirik korporatsiyalarga sotish katta foyda keltiradi.
Raqobat va koopertsyia orasidagi tanlov masalasini
eBay va
Amazon misolida ko’rib chiqishga harakat qilamiz (
Stoun B. The everything Store. Djeff Bezos va Amazon erasi. M: Azbuka Biznesa, 2014 ). 1994 yilda Djeff Bezos oldin
kitoblar, so’ngra esa
B2B va
B2C bozorlarida mahsulot va xizmatlarning keng
assortimentini taklif etadigan
Amazon internet kompaniyasiga asos soldi hamda bu
kompaniya tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. 1998-99 yillarda esa uning juda
havfli raqobatchisi bo‘lgan
eBay kompaniyasi rahbariyati bilan yuqori darajadagi
uchrashuv uyushtirildi va bu uchrashuvda ularning birgalikda ish olib
borishlarining turli variantlari muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida shunga
kelishildiki,
Amazon saytida
eBay ga tegishli bo’lgan ilovalar joylashtiriladi,
eBay saytida ham
Amazon ga tegishli ommabop kitoblar bo’yicha ilovalar
joylashtiriladi. Natijada ikki tomon mutasaddilari ham raqobatlashish o’rniga
o’zaro ancha foydali bo’lgan kelishuvga erisha oldilar.
Hozirgi davrda Internetda yangi va ommabop raqamli tovarlar hamda
hizmatlar yaratishning quyidagi asosiy strategiyalari mavjud:
Printsipial yangiliklar, mahsulotlar va hizmatlar yaratish – bu juda ham
tavakkalchiligi eng katta bo‘lgan strategiyadir, ammo u muvaffaqiyatli o’lgan
taqdirda eng katta foyda ham keltiradi. Bunday yangi tovar yoki hizmatni
yaratuvchialar iste’molchilarni ham ulardan foydalanishga o’rgatishlari kerak
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bo’ladi. Agarda iste’molchilar bu mahsulotlardan foydalanishda biror bir manfaat
topsalargina, ularni keyinchalik ham ishlata beradilar.
Yangi mahsulot yoki hizmatlar liniyasini yaratish – misol sifatida eski