Bilimlarni boshqarish – bu bilimni identifikatsiya qilish, bilimni
boshqarish, bilimni rivojlantirish va undan foydalanishdir. U bilimlarni qanday
olish, uni tarqatish, o‘zgartirish, undan foydalanish hamda firma uchun zarur
amaliy ustunliklarni uzluksiz topish bilan shug‘ullanadi.
Bilimlar kapitali – bu kompaniyaning bilimlarni egallash, ishlab
chiqish va ulardan foydalanish uchun sarflagan sarmoyalaridir. Bilimlar
kapitalining muhim tarkibiy qismi kompaniyaning intellektual mulki
hisoblanadi.
Bilimlar korporatsiyasi – bu bilimlarni raqobatbardosh ustunliklar
uchun asos bo‘lib hizmat qilishini, uning eng qadrli aktivlar sifatida
muhimligini tan oluvchi firma.
Bloger – internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-
sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu
jumladan, axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama
qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs.
Bitkoin kriptovalyutasi – bu o’zaro ishonchga emas, balki kriptografik
kodlash tizimiga asoslangan, o’zaro hech qanday vositachilarsiz (
bank yoki boshqacha moliyaviy uskunalarsiz ) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida
amalga oshirilishini ta’minlovchi to’lov tizimi valyutasining bir turidir.
Bitkoin pitstsa kuni (Bitcoin Pizza Day ) – 2010 yilda aynan shu kuni
chexiyalik dasturchi Lazlo Xanesh bitkoinga dastlabki haqiqiy sav doni
amalga oshirgan, ya’ni, o’z o’rtog’iga 10 ming bitkoin o’tkazib bergan va
o’rtog’i o’z navbatida unga
Papa John's restoranidan ikkita pitstsa buyurtma
qilgan. O’sha vaqtda bir bitkoin 0,003 AQSH dollariga teng bo’lgan va ikkita
pitstsaning narxi esa 30 dollar bo’lgan.