Benchmarketing – eng yaxshi kompaniyalarning ishlash jarayonini
o’rganadi va shu asosda ularning ijobiy tajribalarini o’z kompaniyasiga ko’chiradi.
Biznes-farishtalar – kompaniya rivojlanishining boshlang’ich bosqichlariga
unga investitsiya qiladiganlar.
Biznes-model – Kompaniyaning qo’yilgan maqsadlariga erishishga yordam
beradigan va uning tijoratini amlga oshirishga imkon beradigan biznes jarayonlar
yig’indisi.
Botnet yoki botlar – robot va Network so’zlaridan olingan bo’lib, zararli
(
yoki qandaydir, insonlar uchun foydali bo’lgan ) dasturiy ta’minot o’rnatilgan
komp’yuterlar bo’lib, ular tashqaridan mahsus dastur bo’yicha boshqarilina
oladilar.
Bek-ofis – kontentni boshqarish tizimi yoki qandaydir jarayonning
ma’lumotlar bazasi.
Biznes-model – bu daromadni yaratish uslubini aks ettiruvchi korxona
tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tamoyili va mohiyatining mavhum
ko‘rinishidir. Tovarlarni an’anaviy do‘konlar orqali emas, balki xaridorlarga
bevosita interfaol sotish Yangi biznes-modelini ifoda etadi. Kitob do‘konlari
elektron kitoblarni vositachilar yordamisiz bevosita xaridorlarga sotib, ushbu
biznes-modelni amaliyotda qo‘llaydi. Sarmoyadorlar o‘z bitimlarini yuqori
komission foizlarni undiradigan universal chakana brokerlarga murojaat
qilmasdan, bevosita Internet orqali arzon moliyaviy axborotdan foydalanishlari
mumkin. Agar biznes-model faqatgina Internetga asoslangan bo‘lsa, u holda uni
sof o‘yinchi deydilar.
Bilim – ma’lum qiymatga ega axborotlashgan mahsulotlar yig‘indisi.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Tayanch bilimlarga ta’lim muassasalarida o‘rgatiladigan axborotlashgan
mahsulotlar ta’alluqlidir.