Kreativ kapital– nomoddiy farovonlik bo‘lib hizmat qiladigan, oliy
faoliyat bilan to‘ldirilgan vaqt davri bo‘lgan nomoddiy boyliklar oqimining
manosi sifatida individlarning shaxsiy sifatlarining yig‘indisi. Kreativ
kapitalning ishlatilayotgan hajmi uning potensial hajmidan kam, bu individ
daromadining chegaralanganligi va boshqa tashqi omillar bilan bog‘liqdir.
Kreativ individual farovonlik– inson hayoti faoliyatining umumiy
hajmida yuqori ijodiy faoliyati vaqtining solishtirma ulushi. Kreativ
farovonlikning muhim omillaridan biri bu insonning pul daromadi va ijodiy
qobiliyatining rivojlanish darajasi hisoblanadi. Birinchi omil monetar
(iqtisodiy) farovonlik sifatida ta’riflanadi.
Kreativ farovonlik – bujamiyat farovonligi bo‘lib, u ma’lum davr ichida
jamiyat barcha a’zolarining ijod davri davomiyligi yig‘indisi bilan o‘lchanadi.
Kreativ erkinlik – erkinlikka erishishning yagona usuli deb qaraladi.
Imkoniyatli
erkinlik
tanlovning
imkon
beruvchi
variantlari
sonini
ko‘paytirishdan iborat, u erkinlikning zaruriy sharti hisoblanadi. Imkoniyatli
erkinlik odatiy aloqalarni buzishni anglatadi, shuning uchun u yolg‘izlik va
havfsirash hisini uyg‘otadi. Kreativ erkinlikni o‘z hohishiga ko‘ra rad qilish
“erkinlikdan qochish” nomini olgan.
Kriptologiya – kriptografik usullarning qo’llanilishini anglatib,
kriptografiya va kriptoanalizga bo’linadi
Kriptografiya – informatsiyani himoyalash uchun uni o’zgartirish
usullarini o’rganishning matematik metodlarini anglatadi
Kriptoanaliz - kalitlarni bilmasdan turib, informatsiyani rasshifrovka
qilish usullarni o’rganishni anglatadi.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva