Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə428/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Litecoin 
(Laytkoyn)
 

kriptovalyuta 
dunyodagi 
ommalashgan 
kriptovalyutalar turlaridan biri hisoblanadi 
ICO
– 
kriptovalyua 
tanga-tokenlarini birlamchi joylashtirish 
— Initial Coin 
Offering
Blokcheyn
— 
raqamli kriptovalyutalar haqidagi ma’lumotlarni saqlash 
uchun foydalaniladigan komp’yuter tarmoqlariaro taqsimlangan reyestr, ya’ni, bir-
biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida 
saqlanuvchi taqsimlangan ma’lumotlar bazasi
Hyperledger
-
Linux Foundation
boshchilik qiladigan blokcheyn-
konsortsium
Bitkoin, laytkoin, token
– 
elektron valyuta turlari – ya’ni, elektron 
kriptovalyutalar
Kriptovalyuta birjalari
 – 
elektron raqamli pullar – kriptovalyutalar bo’yicha 
pul o‘tkazmalarini amalga oshiradigan birjalar
 
Token yoki Tanga

Blokcheynlar bilan ishlovchi turli loyihalar 
chiqaradigan boshqa turdagi kriptovalyuta.
 
«
Mayning
» – 
bu kompyuter tizimlarining hisoblash quvvatlarini 
kriptovalyutaning tranzaktsiyalari zanjirini xosil qilish uchun ishlatilish 
jarayonidir. Kriptovalyutalarning emissiyasi xuddi shu mayning (
kriptovalyuta 
tangalarini qidirib toppish, qo’lga kiritish
) tamoili asosida amalga oshiriladi. 
Boshqacha qilib tushuntirganda, mayning (
mayning)
– shirlangan dasturiy kodni 
raqamlar varuatsiyasini tanlash yordamida topishga erishishdir. Mayning jarayoni 
blokcheynga kiritiladigan ma’lumotlar bloki zanjirini hisoblab topishdir, 
deyishimiz ham mumkin. Tizimning barcha talablarga javob beradigan Yangi 
ma’lumotlar blogini hisoblab topish va uni tashkil etgani uchun maining bilan 
shug’ullanuvchi inson – mayner bir qancha kriptovalyutalar birligi ko’rinishidagi 
mukofotlanuvni oladi. Ushbu kriptovalyuta esa o’z navbatida, istalgan turdagi 
valyutaga (
dollar, evro, iyen, von va boshqalarga
) konvertatsiya qilinib olinishi 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
mumkin. Shuni ham hisobga olish kerakki, har bir kriptovalyuta blogini hosil 
qilishga bir vaqtning o’zida jahon miqyosida bir qancha maynerlar kurash olib 
boradilar. Komp’yuteri eng tez va kuchli bo’lgan maynergina bu kurashda yutib 
chiqadi va tegishli mukofitni qo’lga kiritadi. Mayning jarayonini sodda xolda 
komp’yuter tomonidan murakkab masalalarni hal qilish jarayoni deb tushuntirish 
ham mumkin. Har bir masalani yechganlik uchun mayner elektron pullarga 
ekvivalent bo’lgan ma’lumotlar paketini oladi. Ushbu bloklar asta sekin yig’ilib, 
bir butun dasturiy kodga aylanadilar va ularning ma’lum bir guruhi 
kriptovalyutaning ma’lum bir birligini hosil qiladi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   424   425   426   427   428   429   430   431   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin