Tashkiliy kapital
–
bu uzoq muddat mobaynida ko‘pgina insonlar
tomonidan jamlangan tajriba va bilimlarni ifoda etuvchi firma uchun standart
bo‘lgan barcha jarayonlar, tizimlar va strategiyalardir.
Telekommunikatsiyalar
–
signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar
yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa
elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash.
Telekommunikatsiyalar tarmog‘i
–
uzatishlarning bir yoki bir necha turini:
telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning
boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni
ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui.
Telekommunikatsiya vositalari
–
elektromagnit yoki optik signallarni hosil
qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni
boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va
tizimlar.
Telekommunikatsiya inshootlari
–
telekommunikatsiya tarmoqlari va
vositalarining
ishlashi
hamda
ulardan
foydalanishni
ta’minlovchi
binolar,qurilmalar, telekommunikatsiya liniyalari, moslamalar, tayanchlar,
machtalar va boshqa inshootlar.
Telekommunikatsiya hizmatlari
–
operator va provayderning signallar
hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish,
uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Telekommunikatsiyalar
hizmatlaridan
Dostları ilə paylaş: |