O`quv qo`llanma 192 Sahifa
nekrozlangan to’qimalarni xirurgik lazer bilan kesib olib tashlash kerak.
Adabiyot ma’lumotlariga qaraganda, bel simpatektomiyasidan olingan
natijalari turlicha. Ayrim olimlar diabetik oyoq bilan bel simpatektomiyasi
yaxshi natija bermaydi deb yozishadi, boshkalari esa aksincha, bu
amaliyotdan so’ng, yaxshi natijalar kuzatgan.
Saqlab qoluvchi davo usuli ham mavjud bo’lib, unda zararlangan
oyoq tomonda buyrak usti bezi qisman rezektsiyasi va bel
simptaektomiyasi bajariladi. Bu jarrohlik amaliyoti asosan magistral
arteriyalarda qoniqarli qon oqimi saqlangan holda mikrotsirkulyatsiya
buzilishidan kelib chiqadigan kritik ishemiyada bajariladi.
Oxirgi o’n yil ichida past chastotali ultratovush kavitatsiyasi klinik
tajribajada o’z o’rnini topdi. Past va o’rta chastotali ultratovush
tebranishlar yara jarayoniga turlicha ta’sir qiladi. Uning ta’sirida yarani
xujayra elementlari, lizosomal enzimlar kavitatsion parchalanadi,
xemotoksik omillar va bakteriotsid kationli oqsillar hosil bo’ladi va buning
hisobiga yara tozalanishi tezlashadi. Bu omillar ekssudatni proteolitik
aktivligini kuchaytiradi, neytrofillarni fagotsitar va antibakterial aktivligini
rag’batlantiradi, nekrozga uchragan to’qimalarda ultratovush dezintegrator
bo’lib ta’sir qiladi va ularni ko’chishini tezlashtiradi.
Keyingi yillarda yiringli yaralarni ultratovush sanatsiyasi va
yiringlinekrotik yumshoq to’qimalarni lazer bilan davolash keng
qo’llanilmokda. Bu usulning ko’p musbat tomonlari mavjud:
atravmatikligi, abakterial muhitni hosil kilishi, regenerativ jarayonlarni
rag’batlantirishi va qonni reologik xususiyatini yaxshilashi. Lazer nurlari
mikrob assotsiatsiyalarini sonini kamaytiradi va ularning antibiotiklarga
sezgirligini oshiradi. Lazerni qo’llagandan so’ng yara usti sohasi 81-90%
hollarda sterilizatsiyalanadi.
Oxirgi yillarda oyoq panjasi yiringli-nekrotik zararlanishini
davolashda, boshqa fizik usullar bilan birgalikda suvda eriydigan ko’p
komponentli surtmalar juda keng qo’llanilmokda. Ko’pkomponentli
surtmalarga antibakterial dori vositalari (antibiotik, sulfanilamid,
antiseptik), to’qima almashinuv jarayonlarni regulyatori – metiluratsil,
mahaliy antiseptik – trimekain va gidrofillar kiradi. Levomekol va levosin
ko’pgina grammusbat va grammanfiy bakterialarga (ichak tayokchasi)
ta’sir etadi. Ko’p komponentli surtmalar yara jarayonini 1 fazasida xirurgik