Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
189 Sahifa 
Yuqoridagilarning baridan shunday xulosa kelib chiqadiki, boldir va 
panja yuzaki venalarini arterializatsiyasi tanlash usullaridan biri bo’lib 
hisoblanadi va amaliyotdan 3 oydan so’ng arterializatsiya qilingan venani 
o’tkazuvchanligi oyoqni saqlab qolinishiga ta’sir qilmaydi, bu esa shuntni 
trombozidan so’ng oyoqda kuchli kolateral qon aylanishini rivojlanishi 
haqida dalolat beradi. 
61 – rasm. Oyoq panja venasining arterializatsiyasidan keyingi 
angiogramma

Venoz qon oqimi arterializatsiyasini kamchiligi shundaki, 15-30% 
holatlarda autovena kichikligi, unda patologik o’zgarishlar bo’lganligi 
(flebit, 
varikoz 
kengayishlar) 
yoki 
uni 
oldingi 
operatsiyalarda 
ishlatilganligi sababli jarrohlik amaliyoti o’tkazilmaydi, undan tashqari 
amaliyotni bajarish uchun maxsus asbob-uskuna kerak. Bu holatlarda 
boshqa usullardan foydalanishga to’g’ri keladi. Bel simpatektomiyasini 
(BSE) birinchi bo’lib 1924 yili Diez bajargan, Rossiyada esa BSEni 
birinchi bo’lib P.A. Gertsen bajardi, va uni natijalari haqida 1926 yili
VIII jarrohlar s’ezdida ma’lumot berdi. Hozirgi paytgacha bu jarrohlik 
amaliyoti o’z axamiyatini yo’qotmagan va barcha «zaxiralar» tamom 
bo’lganda, amputatsiyadan afzal oxirgi imkoniyat bo’lib qoladi. 


O`quv qo`llanma
190 Sahifa 
1987 
yil 
F.N. 
Zusmanovich 
tomonidan 
taklif 
kilingan 
revaskulyarizatsion osteotrepanatsiya (ROT) ham OSKI bemorlarni 
davolashda o’z o’rnini topgan. ROT dan so’ng suyak-ko’mik qon oqimini 
kuchayishi, mavjud bekilgan kollaterallarning ochilishi kuzatiladi 
(paraosstal, mushak, mushaklararo, paraartikulyar, teriosti) va yumshok, 
ayniqsa suyak to’qimalarda metabolik aktivlik oshadi. Son-taqim osti 
segmenti zararlanishida va distal turlarda yaxshi natija (76%) kuzatiladi. 
Taxminan 20 yil oldin OKI da zararlangan oyoqqa yumshok to’qimali 
laxtakni o’tkazish usuli haqida ma’lumotlar paydo bulgan edi.
V.G. Samoday (2003) OSKI bor bemorlarga yumshok to’qimalarani 
mikrotomirli autotransplantantatsiyasini bajardi. Bunda orka keng mushak, 
katta charvi va oldingi tishli mushak laxtagini ishlatdi. 9 yildan so’ng 
oyoqlarni saqlab qolish kumulyativ ko’rsatikichi – 81,2%, aralash 
revaskulyarizatsiyalaridan so’ng – 83,5% tashkil qildi. Shunday qilib, 
OSKI bemorlarda amaliyotlarni tanlash arterial qon oqimini zararlanish 
sathi va darajasi, oyoqlar ishemiyasini darajasi va mavjud bo’lgan hamroh 
kasalliklarga bog’liq. Undan tashqari, oyoqlar arterial qon oqimi to’liq 
zararlanganda ham amputatsiya tanlash operatsiyasi bo’laolmaydi, chunki 
rekonstruktiv amaliyotlar natijasiz bo’lganda ham palliativ va nostandart 
revaskulyarizatsion jarrohlik amaliyotlari oyoqlarni saqlab qolish 
imkoniyatini beradi. 
Birinchi martaba arteriya ichiga in’ektsiyani 1665 yili Maltalyatti 
bajardi, lekin bu usul ko’pchilik olimlar (V.A. Opel, Lerish, Dos Santos, 
Fonteyn, N.N.Burdenko, V.V. Kovanov, F.A. Andreeva i dr.) tomonidan 
XX asrni boshlaridan qo’llanila boshladi. U paytda arteriya ichi 
og’riqsizlantirish usuli hali keng tarqalmagan bo’lsada, arteriya ichiga 
davo sifatida navokainni yuborish ko’pchilik tomonidan tan olingan edi. 
Arteriya ichiga dori vositalarni yuborganda ularni zararlangan joyda 
o’zgarmagan holda yuqori kontsentratsiyasi, davo ta’sirini kuchayishi, 
angioretseptorlarga bevosita ta’siri va dori vositalarni odam tanasiga toksik 
ta’siri kamayishi kuzatiladi. Undan tashqari a’zo va to’qimalardagi ishemik 
o’zgarishlar kamayadi, mikrotsirkulyator va metabolik jarayonlar 
yaxshilanadi, trofik o’zgarishlar yo’qoladi, yallig’lanish jarayonlari 
kamayadi va tuzalish tezlashadi. Arteriya ichi infuziyasining oqimli va 
fraktsion usullari mavjud. 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin