Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
193 Sahifa 
ishlov nozarurligi yoki boshqa hollarda ko’rsatilgan. Surtamalarni qo’llash 
davolanish muddatini qisqartiradi, oeqni operativ davoga yoki 
autodermoplastikaga tayyorlaydi. 
Yiringli 
yaralarni 
sanatsiya 
kilishda 
keng 
ishlatiladigan 
ozonoterapiya haqida ham aytib o’tish kerak. "Ozonator 1M" apparati 
Kirov nomli NPO Olmaota shahrida ishlab chikariladi. Ham grammusbat, 
ham grammanfiy aerob va anaeroblar ozonga birxil sezuvchan. Oyoklarni 
diabetik gangrenasida kompleks davolashda arteriya ichi kateter terapiya 
kamrok ishlatiladi. Bu usulni qo’llaganda sonni o’rta va yuqori uchligidan 
amputatsiya sonini 18,3% gacha kamaytirsa bo’ladi. 
Qandli diabetli bemorlarda oyoqlarda tarqoq mikroangiopatiya va 
modda almashinuvi buzilishining o’ziga xosligi sababli vena ichiga 
yuborilgan dori vositalardan kutilgan natija kuzatilmaydi. Hosil bo’lgan 
yiringli-nekrotik o’chok, infektsion agentni mavjudligi va intoksikatsiyani 
zo’rayib borishi hisobiga bemor ahvoli yomonlashib boradi. Shuning 
uchun, bu holatda arteriya ichiga dorilarni yuborish usuli yuqori natijali 
usullardan hisoblanadi, chunki bunda yuborilgan dorilarni, ya’ni 
antibiotiklarni kontsentratsiyasi regionar ko’payishiga erishiladi. 


O`quv qo`llanma
194 Sahifa 
VENA VA LIMFA TOMIRLARI KASALLIKLARI 
 
Anatomik-fiziologik xususiyatlari.
Oyoqlarda yuzaki, chuqur 
hamda komunikant (perforant) venalar tafovut qilinadi. Yuzaki venalar 
katta va kichik teri osti venalaridan iborat. Katta teri osti venasi oyoq 
panjasining medial chekka venasidan boshlanib, boldir va sonning medial 
yuzasi bo’ylab ko’tarilib, oval teshik orqali son venasiga quyiladi. Katta 
teri osti venasining son venasiga quyilish joyida uning bir necha tarmoqlari 
(v. pubenda externa, v. epigastrica superficialis, v. circumflexa ileum 
superficialis, vv. saphena accessoria medialis et lateralis) mavjud. 
Kichik teri osti venasi oyoq panjasi lateral chekka venasining davomi 
hisoblanadi va taqim osti sohasida taqim osti venasiga quyiladi. Katta va 
kichik teri osti venalari o’rtasida ko’p sonli anastomozlar bo’ladi. 
Oyoqlarning chuqur venalari shu nomdagi arteriyalar bilan birga o’tadigan 
juft venalardan tashkil topgan bo’lib, oldingi va orqa katta boldir venalari 
qo’shilgach, taqim osti venasini hosil qiladi. Taqim osti venasi son 
venasiga davom etib, pupart boylami sathida tashqi yonbosh venaga o’tadi, 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin