Gospital xirurgiyasi 191 Sahifa
Bugungi kunda oqimli usul ko’prok ishlatiladi, chunki fraktsion
usulda arteriya ichiga dorilar yuborilganda ularning kontsentratsiyasi tez
kamayadi va tomir kengaytiruvchi ta’sir qisqa muddatli bo’ladi. Uzoq
muddatli arteriya ichi kateter terapiya (UMAKT) birinchi bo’lib 1951 yili
H. Birman va C. Klopp tomonlaridan eksperimentda saratonni regionar
ximioterapiya usuli sifatida ishlab chiqilgan. UMAKT da yaraning tezroq
bitishi, ishemik sindromni kamayishi, oyoqlarni kollateral qon oqimini
yaxshilanishi kuzatiladi va bu usul OSKI bo’lgan bemorlarda amaliyotga
tayyorlash yoki mustaqil davo sifatida tavsiya qilinadi.
Ko’pincha S.A. Gasparyan usulidagi pastiki qorin arteriyasini
kateterlash bajariladi. Lekin bu usulda katta va chuqur kesma talab qilinadi
va asoratlari ham ko’p kuzatiladi. Eng kam asorat kuzatiladigan va oddiy
usullardan bu son arteriyasini kateterlashdir. Arteriya ichiga dorilarni
yuborish uchun Seldinger usulida kontrlateral son arteriyasi punktsiya
qilinadi, kateter aorta bifurkatsiyasidan o’tkazilib zararlangan tomonga
Bechman usuli bo’yicha o’rnatiladi. Bu usulni afzalligi shundaki,
zararlangan tomonda operatsiya qilish va bu usuldan bir necha marotaba
foydalanish mumkin. Lekin ikkala son arteriyasi okklyuziyasida va qorin
aortasini deviatsiyasida Bechman bo’yicha katetrlashning iloji bo’lmaydi.
UMAKT usuldan foydalanilganda yuboriladigan dorilarni ahamiyati
juda katta. Hozirgi paytda, buning uchun, reopoliglyukin, geparin,
pentoksifillin, nikotin kislotasi, salkoseril, no-shpa, askorbin kislotasi,
vitaminlar, vazaprostan, gormonlar, kontrikal, antibiotik kabi dori
vositalaridan foydalaniladi. Bu dorilar mikrotsirkulyatsiyani va qonni
reologiyasini yaxshilash, yallig’lanishni oldini olish maqsadida
foydalaniladi.
Oyoqlari yiringli-nekrotik zararlanish bilan kechuvchi qandli diabet
kasalligida gemosorbtsiya keng qo’llaniladi va bunda davolash natijalari
yaxshilanadi. Oyoqlari qorasonga uchragan qandli diabetli bemorlarda
vena ichiga leykokontsentrat yuborilganda ham yaxshi natijalar kuzatiladi.
Bundan tashqari, diabetik mikroangiopatiyada giperbarik oksigenatsiya
vaqtida geparinoterapiya o’tkazilganda to’qimalar qon aylanishi
yaxshilanadi.
Maxaliy davolashda yiringli-nekrotik yarani keng ochib, maxalliy
insulinli, vitaminli, dimeksidli va fibrinolizinli bog’lamlar qo’yish,