Gospital xirurgiyasi
201
Sahifa
kasallik klapan etishmovchiligi, venalar tonusi
pasayishidan rivojlansa va
kasallikning ko’proq uchraydigan turi xisoblansa, venalarning ikkilamchi
varikoz kengayishi chuqur venalar tromboflebitidan keyin kompensator
rivojlanadi.
Venalarning varikoz kasalligi rivojlanishiga doir bir necha
nazariyalar mavjud bo’lib ular quyida keltirilgan.
Mexanik nazariya
– kasallik rivojlanishini uzoq vaqt oyoqda turib
qolinganda yoki venalarning proksimal bo’limlari ezilganda (masalan,
xomiladorlikning ikkinchi yarmida) oyoqdan qon oqib ketishi qiyinlashuvi
sababli venalardagi bosimning oshishi bilan izohlaydi. Eng uzun vena –
katta teri osti venasi gravitatsion effekt natijasida yuqori qon bosimi
ta’siriga uchraydi. Shunga ko’ra bu kasallikni yana oyoqda turib
bajariladigan kasbli mutaxasislarning kasalligi ham deb ataydilar.
Klapan etishmovchiligi
yoki
irsiy moyillik nazariyasi
ning tarafdorlari
kasallik avj olishini venoz klapanlarining tug’ma bo’lmasligi yoki ularning
o’sib etilmaganligi sababli funktsional etishmovchiligi bilan izohlaydilar.
Neyroendokrin nazariya
tarafdorlari
organizmdagi gormonal qayta
qurish (xomiladorlik, menopauza, voyaga etish davri, tug’ruq va b.) tufayli
vena devorining sustlashib qolishiga asosiy ahamiyat beradilar. Bunda
chanoq a’zolariga qon oqib kelishi ko’payadi, arteriola-venulyar
anastomozlar ochiladi va venalar tonusi pasayib ketganligidan qon oqib
ketishga qiyinchilik tug’diradi.
Qator tadqiqotchilar venalarning varikoz kengayishi rivojlanishida
arteriola-venulyar anastomozlar etakchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar.
Arteriola-venulyar anastomozlar noqulay omillar ta’siri
ostida ochilib
ketadi, natijada oyoqqa ko’p miqdorda qon yuqori bosim ostida tusha
boshlaydi, venalar bo’shlig’i kengayadi va venalarning ikkilamchi klapan
etishmovchiligi rivojlanadi, varikoz tugunlar paydo bo’ladi. Varikoz
kasalligining bu arterial turiga Parks-Veber-Rubashev kasalligi kiradi.
Yuqorida aytilganlardan venalarning
varikoz kengayishi quyidagi
qator omillarning bir vaqtda ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi ayon
bo’ldi:
a) moyil qiladigan omillar: venalarning tug’ma yoki orttirilgan
o’zgarishlari: faoliyat ko’rsatmaydigan arteriola-venulyar anastomozlar
borligi, neyroendokrin buzilishlar, vena devori tonusining pasayishi;
O`quv qo`llanma
202 Sahifa
b) keltirib chiqaradigan omillar: oyoq venalarida bosimni oshiradi va
venoz qon oqib ketishini qiyinlashtiradi.
Venalarda qon bosimi oshishi va venoz dimlanish yuzaki venalar,
keyinroq komunikant venalarning klapan etishmovchiligiga, bu esa o’z
navbatida mushaklar qisqarganda qonning chuqur venalardan yuzaki
venalarga oqib kelishiga olib keladi. Arteriola-venulyar anastomozlar
ochiladi, kapillyarlardagi
qon oqimi pasayadi, staz rivojlanadi.
Perikapillyar bo’shliqda ko’p miqdorda suyuqlik, elektrolitlar, qonning
shaklli elementlari, plazma oqsili to’planadi.
Terida va teri osti
kletchatkasida biriktiruvchi to’qima rivojlanadi, mayda tomirlar va
kapillyarlar devorida gialinoz va skleroz rivojlanadi, to’qimalarda
almashinuv jarayonlari buziladi. Klinik jihatdan bu shishlar va trofik
buzilishlar (terida pigmentatsiya, dermatit, ekzema, yaralar) bilan namoyon
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: