Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Etiologiyasi va patogenezi.
Oyoq venalarining varikoz kasalligi 
birlamchi va ikkilamchi deb tafovut qilinadi. Agar birlamchi varikoz 


Gospital xirurgiyasi
201 Sahifa 
kasallik klapan etishmovchiligi, venalar tonusi pasayishidan rivojlansa va 
kasallikning ko’proq uchraydigan turi xisoblansa, venalarning ikkilamchi 
varikoz kengayishi chuqur venalar tromboflebitidan keyin kompensator 
rivojlanadi. 
Venalarning varikoz kasalligi rivojlanishiga doir bir necha 
nazariyalar mavjud bo’lib ular quyida keltirilgan.
Mexanik nazariya
– kasallik rivojlanishini uzoq vaqt oyoqda turib 
qolinganda yoki venalarning proksimal bo’limlari ezilganda (masalan, 
xomiladorlikning ikkinchi yarmida) oyoqdan qon oqib ketishi qiyinlashuvi 
sababli venalardagi bosimning oshishi bilan izohlaydi. Eng uzun vena – 
katta teri osti venasi gravitatsion effekt natijasida yuqori qon bosimi 
ta’siriga uchraydi. Shunga ko’ra bu kasallikni yana oyoqda turib 
bajariladigan kasbli mutaxasislarning kasalligi ham deb ataydilar. 
Klapan etishmovchiligi 
yoki
 irsiy moyillik nazariyasi
ning tarafdorlari 
kasallik avj olishini venoz klapanlarining tug’ma bo’lmasligi yoki ularning 
o’sib etilmaganligi sababli funktsional etishmovchiligi bilan izohlaydilar. 
Neyroendokrin nazariya
tarafdorlari organizmdagi gormonal qayta 
qurish (xomiladorlik, menopauza, voyaga etish davri, tug’ruq va b.) tufayli 
vena devorining sustlashib qolishiga asosiy ahamiyat beradilar. Bunda 
chanoq a’zolariga qon oqib kelishi ko’payadi, arteriola-venulyar 
anastomozlar ochiladi va venalar tonusi pasayib ketganligidan qon oqib 
ketishga qiyinchilik tug’diradi. 
Qator tadqiqotchilar venalarning varikoz kengayishi rivojlanishida 
arteriola-venulyar anastomozlar etakchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar. 
Arteriola-venulyar anastomozlar noqulay omillar ta’siri ostida ochilib 
ketadi, natijada oyoqqa ko’p miqdorda qon yuqori bosim ostida tusha 
boshlaydi, venalar bo’shlig’i kengayadi va venalarning ikkilamchi klapan 
etishmovchiligi rivojlanadi, varikoz tugunlar paydo bo’ladi. Varikoz 
kasalligining bu arterial turiga Parks-Veber-Rubashev kasalligi kiradi. 
Yuqorida aytilganlardan venalarning varikoz kengayishi quyidagi 
qator omillarning bir vaqtda ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi ayon 
bo’ldi: 
a) moyil qiladigan omillar: venalarning tug’ma yoki orttirilgan 
o’zgarishlari: faoliyat ko’rsatmaydigan arteriola-venulyar anastomozlar 
borligi, neyroendokrin buzilishlar, vena devori tonusining pasayishi; 


O`quv qo`llanma
202 Sahifa 
b) keltirib chiqaradigan omillar: oyoq venalarida bosimni oshiradi va 
venoz qon oqib ketishini qiyinlashtiradi. 
Venalarda qon bosimi oshishi va venoz dimlanish yuzaki venalar, 
keyinroq komunikant venalarning klapan etishmovchiligiga, bu esa o’z 
navbatida mushaklar qisqarganda qonning chuqur venalardan yuzaki 
venalarga oqib kelishiga olib keladi. Arteriola-venulyar anastomozlar 
ochiladi, kapillyarlardagi qon oqimi pasayadi, staz rivojlanadi. 
Perikapillyar bo’shliqda ko’p miqdorda suyuqlik, elektrolitlar, qonning 
shaklli elementlari, plazma oqsili to’planadi. Terida va teri osti 
kletchatkasida biriktiruvchi to’qima rivojlanadi, mayda tomirlar va 
kapillyarlar devorida gialinoz va skleroz rivojlanadi, to’qimalarda 
almashinuv jarayonlari buziladi. Klinik jihatdan bu shishlar va trofik 
buzilishlar (terida pigmentatsiya, dermatit, ekzema, yaralar) bilan namoyon 
bo’ladi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin