O`quv qo`llanma
204
Sahifa
ko’rinadigan va egri-bugri yo’llar, tugunlar, bo’rtib chiqqan chigallar
ko’rinishidagi kengaygan venalar borligidan shikoyat qiladilar. Bemorlarni
oyoqning o’rta darajada og’irlashishi, to’laligi, vertikal holatda charchab
qolishi bezovta qiladi. Oyoqda shishlar yo’q yoki kechga tomon paydo
bo’ladi va dam olingandan so’ng yo’qoladi. Bemorlar mexnatga layoqatli
bo’ladilar.
Subkompensatsiya
bosqichida oyoq tez charchaydi, shishganday
sezgi paydo bo’ladi, og’ir tortadi, pastki mushaklar tortishadi, terisi
qichishadi, paresteziya, boldir va oyoq panjasida shish paydo bo’ladi.
Shishlar kechga tomon yoki uzoq vaqt oyoqda turilganda paydo bo’ladi.
Tungi dam olishdan keyin ertalab ular yo’qoladi, biroq dam olishdan so’ng
hamisha yo’qolavermaydi. Ichki to’piq
ustida tsianoz va teri
pigmentatsiyasi paydo bo’ladi.
Dekompensatsiya bosqichida doimiy shish, uvishib qolish,
zararlangan tomonda qichishish paydo bo’ladi. Boldir yug’on tortadi,
tsianozga uchraydi, shishadi. Shishlar tez ketmaydi, tungi uyqudan so’ng
yo’qolmaydi. To’qimalarning
trofik buzilishlari, dermatitlar, skleroz, teri
osti kletchatkasi induratsiyasi qo’shiladi.
Varikoz kasallik asoratlari: trofik yaralar, tromboflebitlar, varikoz
kengaygan
venalardan qon ketishi, ikkilamchi limfedema, ekzema
qo’shiladi. Trofik yaralar odatda yakka, ba’zan ko’p sonli bo’ladi, boldir
uchdan bir pastki qismining ichki yuzasida joylashadi.
Yaralar yassi,
ularning tubi silliq chetlari notekis shaklda, ajralma kam chiqadi.
Varikoflebit – varikoz venalar kengayishi tromboflebitida venalar yo’li
bo’ylab qattiqlashishi, og’riydigan zich tugunlar paydo bo’lishi, qizarishi
va yurish qiyinlashuvi hamda umumiy va mahalliy harorat ko’tarilishi kabi
belgilar paydo bo’lishi bilan rivojlanadi. Venalarning varikoz
kengayishidan qon ketishi – yupqalashib va teri
bilan birikib ketgan vena
arzimas darajada shikastlanganda yuz beradi. Shikastlangan vena distal
qismiga bosuvchi bog’lam yoki jgut yordamida qon ketishini osongina
to’xtatish mumkin.
Qiyosiy tashxis
posttromboflebitik sindromi, yuzaki venalarning
ikkilamchi
kompensator varikoz kengayishi, venalarning tug’ma
kasalliklari (Parks-VeberRubashev va Klippel-Trenone sindromi) bilan
o’tkazish lozim.