Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Davolash.
Agar jarayon boldir chegaralaridan tashqariga chiqmasa
bemorlarni ambulator sharoitda konservativ davolasa bo’ladi. Jarayon 
songa tarqalganda bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. 
Medikamentoz davolash kompleksiga bevosita va bilvosita 
antikoagulyantlar, qon tarkibini, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydigan 
preparatlar (aspirin, trental, venoruton, indometatsin, traksivazin, flebodia), 
yallig’lanishga qarshi (reopirin, nimesil, dikloberl), desensibilizatsiya 
qiladigan (dimedrol, suprastin, tavegil va b.) dorilar kiradi. Surtmali 
bog’lamlar (geparin, traksivazin, lioton surtmalari) maxalliy qo’llaniladi. 
Oyoqni elastik bintlar bilan bog’lanadi, yurish tartibga solinadi. Jarayon 
songa tarqalganda o’rinda yotish, oyoqni Beller shinasida baland vaziyatda 
qo’yish lozim bo’ladi. 
Son venasining yuqoriga ko’tariladigan trombozining oldini olish 
uchun Troyanov-Trendelenburg (krossektomiya) usulida shoshilinch 
operatsiya qilinishi kerak. Agar bemorning ahvoli yo’l qo’ysa, 
tromblangan yuzaki venalarni teri uchastkalari va infiltratlangan teri osti 
kletchatkasi bilan kesiladi (Madelung operatsiyasi). 


Gospital xirurgiyasi
209 Sahifa 
Oyoq chuqur venalarining o’tkir tromboflebitlari va trombozlari 
tomirlar o’tkir okklyuziyasining eng ko’p joylashadigan sohasidir. Ular 
suyak singanda, operatsiyadan keyin, yurak-tomir patologiyasi bo’lgan 
bemorlarda, qandli diabeti bilan kasallangan keksalarda va onkologik 
bemorlarda rivojlanishi mumkin.
Venalar trombozi ular o’smalardan, kattalashgan bachadon bilan 
bosilganda, mushak taranglashtirilganda yuz berishi mumkin. Chap 
yonbosh venasi trombozida uning o’ng yonbosh arteriyasi bilan ezilishi 
ahamiyatga ega. 
Klinikasi
trombning joylashgan joyiga ko’ra turli-tuman bo’ladi. 
Agar jarayon boldirning hamma venalarida joylashmagan bo’lsa, klinikasi 
o’zgargan bo’ladi. Boldir mushaklarida xarakat qilganda kuchayadigan 
og’riq, boldirning pastki uchdan bir qismida shish, harorat ko’tarilishi qayd 
qilinadi. Oyoq panjasi bukilganda boldirda og’riq paydo bo’ladi (Xomans 
simptomi). Boldirning o’rta uchdan bir kismi Riva-Rochchi apparati 
manjetkasi bilan kompressiya qilinganda xuddi shunday og’riq paydo 
bo’ladi (Lavenberg simptomi). Boldirning har uchala chuqur venalari 
zararlanganda keskin og’riq, boldirda taranglashish sezgisi va shish, 
aksariyat teri tsianozi paydo bo’ladi, tana harorati ko’tariladi. Son venasi 
zararlanganda sonda shish paydo bo’ladi. Tromblangan vena yo’li bo’ylab 
paypaslash og’riq beradi. Son va taqim venalarining birgalikdagi 
trombozida boldir va son sohasida shish, og’riq, xarakat cheklanganligi 
paydo bo’ladi. Jarayonning son venasidan proksimal yuqoriroqqa tarqalishi 
zararlangan oyoq hajmining ortishi, og’riq kuchayishi, teri qoplamlari 
tsianozi bilan o’tadi. 
Ileofemoral trombozda dastlabki kunlar mobaynida oyoqda, oyoq 
panjasidan to chov burmasigacha, ba’zan esa dumba sohasigacha 
tarqaladigan tsianoz va shish orta boradi. Kasallikning 2-3-kuniga kelib 
shish qattiq bo’lib qoladi, sezuvchanligi pasayadi. Psevdoembolik yoki 
og’riqli oq flegmaziya (bu arteriyalar spazmi bilan birga kechadi), hamda 
ko’k flegmaziya (yuzaki venalar tromboflebiti bilan birga kechadi) farq 
qilinadi. Oq flegmaziyada oyoqda to’satdan pulsatsiya qiladigan og’riq, 
uning muzday bo’lishi va uvishishi, sezuvchanligi kamayishi, tarang 
tortishi kuzatiladi. Teri qoplamlari rangpar bo’ladi. Ko’k flegmaziyada 
oyoqda shish va tsianoz anchagina bo’ladi, u oyoqni baland vaziyatda 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin