Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
211 Sahifa 
5) dezagregatsion ta’siri bor preparatlar (trental, kurantil, 
reopoliglyukin); 
6) yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiradigan preparatlar (aspirin, 
nimesil, reopirin, dikloberl); 
7) fleboprotektorlar (troksivazin, detraleks, venoruton, flebodia). 
8) antibakterial davolash
9) simptomatik davolash. 
Postromboflebitik sindrom (PTFS) 
Bu oyoq chuqur venalarining boshdan kechirilgan trombozi 
natijasida rivojlanadigan simptomlar kompleksi, aholining 1,5-5 foizida 
uchraydi. Chuqur venalar trombozining eng ko’p uchraydigan natijasi 
tromb rekanalizatsiyasi, kamroq – tromblangan venalarning obliteratsiyasi 
hisoblanadi. Tromb hosil bo’lish jarayoni kasallik boshidan boshlab
2-3 – xaftadan boshlanadi va bir necha oydan 5 yilgacha muddatda 
rekanalizatsiya bilan tugallanadi. Zararlangan vena klapanlariga shikast 
etganda rigid sklerozlangan naychaga aylanadi. Paravazal fibroz 
rivojlanadi. Zararlangan chuqur venalarda bosim oshishi natijasida 
avvaliga funktsional, so’ngra a’zo jihatidan faoliyatsiz bo’lib qolgan 
komunikant venalar tizimida bosim ortadi. Oyoq venalarida reflyuks yuz 
berib, u chuqur venalardan teri osti venalariga oka boshlaydi, arteriola-
venulyar anastomozlar ochiladi. Boldirning uchdan bir pastki qismida, eng 
yirik perforant venalar va ortostatik venoz bosim eng yuqori bo’lgan 
medial 
to’piq 
ustida 
o’zgarishlar 
ayniqsa 
chuqur 
bo’ladi. 
Mikrotsirkulyatsiyaning buzilishlari trofik yaralar hosil bo’lishiga sababchi 
hisoblanadi. 
Klinikasi.
Eng erta simptom – zararlangan oyoqda og’irlik sezgisi va 
og’riq, bular uzoq vaqt oyoq ustida turilganda ko’payadi va bemor 
oyog’ini ko’tarib yotganida kamayadi. Tungi vaqtlarda va uzoq vaqt tik 
turib qolishda aksariyat boldir mushaklarida tortishish paydo bo’ladi. 
Oyoqdagi shish hatto tungi uyqudan keyin ham yo’qolmaydi. Yonbosh 
venalar zararlanganda shish butun oyoqni qamrab oladi, son venasi 
zararlanganda boldir va sonning uchdan bir pastki qismini, boldirning 
chuqur venalari trombozida – to’piqlar sohasini va oyoq panjasini 
egallaydi. Bemorlarning 65-75 foizida venalarning varikoz kengayishi 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin