Gospital xirurgiyasi 215 Sahifa
Davolash. Avvalo birlamchi o’choqqa davo qilish kerak. Osoyishta
sharoit va oyoqlarni immobilizatsiya qilish, yog’li bog’lamlar, antibakterial
davolash tavsiya qilinadi.
Oyoqlar surunkali limfostazi (filoyoqlik kasalligi) Teri, teri osti kletchatkasi va fastsiyada limfa hosil bo’lishining
buzilishi, shuningdek limfa oqimining buzilishi bilan bog’liq. Ko’proq
ayollarda uchraydi. Limfostazning tug’ma va orttirilgan formalari farq
qilinadi. Limfostazning tug’ma formalari limfatik sistemaning o’sib
etilmaganligi bilan bog’liq bo’lgan filsimon kasallikning irsiy shakllari
ma’lum. Orttirilgan yoki ikkilamchi limfostaz rivojlanishiga oyoqlardan
limfa oqib ketishini qiyinlashtiradigan omillar sabab bo’ladi: jarrohlik
amaliyotidan keyin qolgan chandiqlar, yumshoq to’qimalarning o’smalari,
limfatik tomirlar olib tashlangandan keyin uning zonasidagi o’zgarishlar,
nur bilan davolash, teridagi, teri osti kletchatkasidagi limfatik tomir va
tugunlardagi shikastlanishlar, saramas yallig’lanishi, limfangoit va
limfadenitlar shular qatoriga kiradi.
Klinikasi va diagnostikasi. Kasallik kechishida ikkita bosqich farq
qilinadi.
Birinchi bosqich – limfedema bosqichi barmoqlar asosida, oyoq
panjasi orqasida, boldir-tovon bo’g’imi sohasida shishlar paydo bo’lishi
bilan xarakterlanadi. Shish yumshoq, og’rimaydi, ertalab dam olib
turilgandan keyin yo’qoladi. Shishgan to’qimalar ustidagi teri osongina
burmalar hosil qilib yig’iladi.
Ikkinchi bosqichi – fibredema bosqichi bir necha yildan keyin yuz
beradi. Shish oyoqning proksimal bo’limlariga tarqaladi, zich va doimiy
bo’lib qoladi, uzoq vaqt gorizontal holatda bo’lishda ham yo’qolmaydi;
terini burma qilib yig’ib bo’lmaydi. Oyoq hajmi kattalashadi, shakli
o’zgarib qoladi, ish qobiliyatipasayib ketadi. Terida giperkeratoz va
giperpigmentatsiya rivojlanadi. So’galsimon o’sib qalin tortgan tuzilmalar
hosil bo’ladi. Filoyoq kasalligi yoriqlar va yaralar bilan zararlanganda mo’l
limforeya kuzatiladi. Zararlangan oyoq aylanasi sog’lom oyoqdan
30-40 sm ga oshgan bo’ladi.
Bevosita limfografiya – limfogrammalar asosida uzil-kesil tashxis
qo’yishga imkon beradi, zararlangan oyoqda limfa oqadigan yo’llar