Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

O`quv qo`llanma
216 Sahifa 
ko’riladi, limfostazning ikkilamchi formalarida to’siq borligi va darajasi 
aniqlanadi.
Davolash.
Konservativ davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) oyoqni elastik bintlar bilan bintlash, elastik paypoqlar kiyish;
2) to’qimalar trofikasini (vitamin B1, C, riboflavin), qon aylanishini 
(galidor, no-shpa), mikrotsirkulyatsiyani (trental, nikotin kislotasi, 
komplamin) yaxshilaydigan preparatlar; 3) desensibilizatsiya qiladigan 
vositalar (suprastin, tavegil, dimedrol); 4) yallig’lanishga qarshi davolash 
(nimesil, dikloberl, reopirin); 5) gialuronidaza ta’siri bor preparatlar 
(lidaza) va biologik stimulyatorlar (shishasimon tana), hamda fermentlar 
(vobenzim, flobenzim); 6) davolash jismoniy tarbiyasi, fizioterapevtik va 
balneologik davolash. 
Konservativ davolash vaqtincha naf beradi. Davolashning ishonchli 
usuli jarrohlik usuli hisoblanadi. Zararlangan tomondagi sklerotik 
o’zgargan teri osti yog’ to’qimasi va fastsiyasini qisqa kesib qilinadigan 
plastik jarrohlik amaliyotlari qo’llaniladi. Biroq bu jarrohlik amaliyoti 
shikastlantiruvchi, unda yog’ emboliyasi rivojlanishi, teri laxtagi 
jonsizlanishi va kasallikning qaytalanish xavfi bo’ladi. Jarrohlik 
amaliyotlarining ikkinchi guruhi yuzaki limfatik tomirlar va teri osti 
venalari tarmoqlari o’rtasida skarp uchburchagi sohasida yoki taqim 
chuqurchasi sohasida mikrojarrohlik usulida limfo-venoz anastomozlar 
qo’yishdan iborat. Odatda 6-10 ta limfo-venoz anastomozlar qo’yiladi. Bu 
jarrohlik amaliyoti patogenetik jihatdan asoslangan va zararlangan 
oyoqdan limfa oqib ketishini yaxshilashga qaratilgan. Bunday amaliyotga 
mikrojarrohlikning joriy qilinishi tufayli muvaffaq bo’lindi. 


Qaydlar uchun



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin