Gospital xirurgiyasi
207 Sahifa
Mayda teri osti venalarining olib tashlanmagan uchastkalari teri
orqali ketgut bilan (Shede-Koxer, Sokolov bo’yicha) qo’shimcha tikiladi.
Xozirgi vaqtda endoskopik xirurgiyani
avj olib rivojlanishi SVEda,
komunikant venalar etishmovchiligida, ayniqsa trofik yaralar kuchli
rivojlanganda endoskopik usulda perforant venalarni bog’lash
katta
ahamiyatli davolash usuli hisoblanadi.
70 – rasm. Endoskopik usulda perforant venalarni bog’lash
Amaliyotdan keyingi davrda bemorlarga elastik bintlash yoki elastik
paypoqlar kiyish, dezagregantlar, fleboprotektorlar va davolash mashqlari
tavsiya etiladi.
O’tkir tromboflebit va flebotromboz
O’tkir tromboflebit va flebotromboz bir-biridan farq kiladi.
Flebotrombozda tromb venaning sog’lom qismida hosil bo’ladi, so’ngra
vena devorining yallig’lanish reaktsiyasi qo’shiladi. Tromboflebitda tromb
yallig’lanib, o’zgargan vena devorida rivojlanadi. O’tkir
tromboflebit
deganda vena devorining bo’shlig’ida tromb hosil bo’lishi bilan o’tadigan
yallig’lanish tushuniladi. Kasallik rivojlanishida infektsiya, travmatik
shikastlar, xavfli o’smalarning ahamiyati muhim.
Aksariyat tromboflebit
varikoz kasallik kechishini og’irlashtiradi. Tromb hosil bo’lishi
O`quv qo`llanma
208 Sahifa
patogenezida venoz devor strukturasining buzilishi,
qon oqimi pasayishi,
qon ivish xususiyatining oshishi ahamiyatli. Chuqur va yuzaki venalarning
tromboflebiti farq qilinadi. Yuzaki venalarning o’tkir tromboflebiti tromb
bo’lgan vena yo’li bo’ylab og’riq, bu og’riqning harakat va jismoniy ish
vaqtida kuchayishi bilan yuzaga chiqadi, yallig’lanishning hamma belgilari
aniqlanadi. Tromb sohasi ko’zdan kechirilganda teri qoplamlarining
giperemiyasi
va shishi qayd qilinadi, paypaslab ko’rilganda vena yo’li
bo’ylab ipsimon og’riqli zichlashma aniqlanadi, odatda u atrof
to’qimalardan aniq chegaralanib turadi. Yallig’lanishli
infiltrat atrofdagi
to’qimalarga va teriga kamroq tarqaladi. Oyoqning zararlangan bo’limi
hajmi o’zgarmaydi yoki 1-2 sm ga kattalashadi. Mahalliy va umumiy
harorat ko’tariladi.
Bemorlarning umumiy holati kam o’zgaradi, tana harorati subfebril
bo’ladi. Ba’zan
tromb yiringli parchalanib, septik holat vujudga keladi.
Kasallik kechishi og’irlashganda katta teri osti vena sistemasi bo’yicha
yuqoriga ko’tariladigan tromb rivojlanishi va jarayon yuzaki son venasi
orqali yuqoriga ko’tarilganda, o’pka arteriyasi tromboemboliyasi xavfi
vujudga keladi (1-3%).
Dostları ilə paylaş: