O`quv qo`llanma 210 Sahifa
qo’yilganda ham kamaymaydi. Periferik tomirlar pulsatsiyasi yo’qoladi.
Flegmaziyaning ikkala turi ba’zan venoz gangrena rivojlanishiga olib
keladi.
Oyoq venalari o’tkir trombozining diagnostikasi kasallikning klinik
manzarasi ma’lumotlariga, ultratovush dopplerografiyasi, ultratovush
angioskanerlash va flebografiyaga asoslanadi, bunda to’lish nuqsoni borligi
yoki magistral venalar “amputatsiyasi”, distal venalar kengayishi
aniqlanadi.
Davolash kompleks olib borilishi kerak. Operatsiya o’pka arteriyasi
tromboemboliyasi yoki venoz gangrena xavfi bo’lganda hayotiy
ko’rsatmalar bo’yicha qilinadi.
Tromboz joylashuvi va uning tarqalishiga ko’ra quyidagi
operatsiyalar bajariladi:
1) son venasini distal bog’lash (boldir venalarining alohida
trombozida);
2) son-taqim segmentidan tromboektomiya yoki son venasini
boglash (sontaqim segmentining birlamchi chegaralangan trombozida);
3) yonbosh venadan tromboektomiya, aloxida zararlangan holatda;
4) pastki kovak vena plikatsiyasi, uning bo’shlig’ida tor kanallar
hosil qilish.
5) endovaskulyar jarrohlikni rivojlanishi bilan yonbosh venalarida va
pastki kovak venasi trombozida, ayniqsa bu venalar flotatsiyalanuvchi
trombozida o’pka arteriyasi tromboemboliyasini oldini olish maqsadida
pastki kovak venaga kavafiltr (zontiksimon, qum soatiga o’xshash va b.)
o’rnatish samarali foyda beradi va kam invazivli muolaja hisoblanadi.
Dori-darmonlar bilan davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) bevosita va bilvosita ta’siri bo’lgan antikoagulyantlarni (geparin,
fraksiparin, kleksan, fragmin) qon ivish vaqti va protrombin indeksini
nazorat qilgan holda qo’llash;
2) kasallikning boshida o’rindan turmay oyoq holatini baland qilib
yotish;
3) surtmali bog’lamlarni mahalliy qo’llanish (geparinli, troksivazin,
lioton surtmalari);
4) trombolitik preparatlarni qo’llash (fibrinolizin, streptokinaza,
urokinaza);