Limfa tomirlari kasalliklari
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar.
Kapillyarlar tarmog’ini hosil
qiladigan limfokapillyarlar limfatik tizimining ildizlari hisoblanadi. Yuzaki
va chuqur limfatik tomirlar farq qilinadi. Yuzaki limfatik tomirlar limfani
teri va teri osti kletchatkasidan yig’ib, katta va kichik teri osti venalari yo’li
O`quv qo`llanma
214 Sahifa
bo’ylab yuradi, yuzaki chov limfatik tugunlariga quyadi. Chuqur limfatik
tomirlar limfani chuqur yotgan to’qimalardan oladi, qon tomirlar bilan
birga yuradi va taqim hamda chuqur chov limfa tugunlariga quyiladi, bular
limfani yuzaki chov tugunlaridan ham qabul qiladi. Chuqur chov
tugunlaridan limfa oqimi bel tugunlariga yonbosh tomirlari va tugunlari
orqali kelib, ular o’ng va chap bel limfatik tugunlarini shakllantiradi.
Oxirgilari bir-biri bilan qo’shilib, ko’krak limfatik yo’lini hosil qiladi.
Limfatik tomirlar devorining mushak elementlari va klapan apparati
limfaning proksimal yo’nalishda aktiv oqishiga imkon beradi.
Limfangoit – limfatik tomirlarning o’tkir yallig’lanishi, u ikkilamchi
kasallik hisoblanadi, teri va mahalliy yiringli o’choqlarga infektsiya tushib
zararlanishining ko’p sodir bo’ladigan asorati hisoblanadi. Limfangoitlar
birlamchi o’choq bilan bir vaqtda yoki undan ancha keyin paydo bo’ladi.
Klinikasi jarayonning joylashuviga, infektsiya virulentligiga va
organizm reaktsiyasiga bog’liq. Yuzaki va chuqur limfatik tomirlar
limfangoitlari, yallig’lanish xarakteriga ko’ra oddiy va yiringli turlari farq
qilinadi. Yuzaki limfatik tomirlar limfangoiti xarakteri bo’yicha yuzaki
oddiy limfangoit yoki to’rsimon limfangoit, shuningdek poyasimon
limfangoit ko’rinishida bo’lishi mumkin.
O’tkir yuzaki limfangoitda yallig’lanish mayda limfatik tomirlarda
paydo bo’ladi. Teri qizaradi, tomirlar yo’li bo’ylab ipsimon zichlashish
paydo bo’ladi. Bemorlar achishish, qattiq qichishish, umumiy lohaslik va
harorat ko’tarilishidan shikoyat qiladilar. O’tkir yuzaki limfangoitda
(poyasimon limfangoit) jarayon yirik limfatik tomirlarga tarqaladi.
Birlamchi o’choqdan regional limfatik tugunlargacha boradigan qizil yo’l-
yo’l chiziqlar paydo bo’ladi. Keyingilari kattalashadi va og’riqli bo’lib
qoladi. Harorat 39°C gacha ko’tariladi, et uvishishi mumkin.
Chuqur limfatik tomirlarning o’tkir limfangoitida terida o’zgarishlar
bo’lmaydi, biroq bemorlar oyoqni bosa olmaydilar, shishlar paydo bo’ladi,
tomirlar yo’li bo’ylab og’riq bo’ladi. Umumiy hodisalar yuzaki
limfangoitga o’xshash, biroq og’irroq o’tadi. Yiringli limfangoitda
umumiy belgilar yuzaga chiqqan, harorat 39°C gacha ko’tariladi, et
uvishadi. Umumiy behollik bo’ladi, oyoq-qo’llar qaqshab og’riydi. Ba’zan
kasallik kechishi abstsess, flegmona, saramas, tromboflebit, kamqonlik va
sepsis rivojlanishi bilan og’irlashadi.
|