Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti


Venalarni tekshirishning maxsus instrumental usullari



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Venalarni tekshirishning maxsus instrumental usullari
.
1. Funktsional-dinamik flebomanometriya. Boldirga elastik bint 
solinadi, oyoq panjasi lateral tomonidagi venalardan birini punktsiya 
qilinib elektromanometr bilan ulanadi. Venoz bosimni oyoq mushaklari 
tarang qilingandan (Valsalva sinamasi) va mushak ishidan (10-12 marta 
turib o’tirilgandan) keyin bosimi o’lchanadi. Chuqur venalar 
o’tkazuvchanligida Valsalva sinamasida bosim 10-15 mm suv ustiniga 
ko’tariladi, sistolik (mushaklar qisqarganda) va diastolik (mushaklar 
bo’shashtirilganda) bosim 4550 mm suv ustiniga oshadi, sistola-diastola 
gradienti birmuncha kamayadi. Mushak ishidan keyin bosim asta-sekin 
dastlabki darajasiga qaytadi. 
2. Teri elektrotermometriyasi – qo’shimcha usul. Varikoz venalar va 
tugunlar ustidagi teri haroratining 0,3-0,5°ga yuqoriligi oyoqni osiltirib 
o’tirishda haroratning farqi katta bo’lishi qayd qilingan. 
3. Termografiya birmuncha kulrang fonda oqish uchastkalar 
ko’rinishidagi kengaygan venalarni aniqlab beradi. 
4. Ultratovush dopplerografiyasi. Bu tekshiruv orqali oyoq venalari 
qon o’tkazuvchanligi, qon oqimi tezligi, klapanlar etishmovchiligi va 
regionar qon bosimi aniqlanadi. 
5. Ultratovush angioskanerlash (ultratovush dupleks tekshiruvi).
Bu tekshiruv orqali oyoq venalarini holati, o’lchami, o’tkazuvchanligi, 
klapanlar holati va etishmovchiligi, qon oqimi tezligi va hajmi, varikoz 
kengaygan venalar holati, ichida tromb bor yoki yo’qligi, trombning 
dinamikada o’sish darajasi kabi ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Bu 
tekshiruv usuli noinvazivligi va tekshiruvni ko’p marta takrorlash 
mumkinligi tufayli hozirgi kunga kelib angiologiyada eng yaxshi ma’lumot 
beruvchi tekshiruv usuliga aylandi.
Flebografiya 
funktsional 
sinamalar 
chuqur 
venalarning 
o’tkazuvchanligi va komunikant venalarning holati to’g’risida aniq 
tasavvur bermagan hollarda qo’llaniladi. Kontrast modda vena ichiga 
yuboriladi. Distal va proksimal flebografiya qo’llaniladi. Distal 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin