Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
197 Sahifa 
Chuqur venalarning o’tkazuvchanligi Delbe-Pertes “marsh” sinamasi 
va Pratt-1 sinamasi orqali tekshiriladi. 
Delbe-Pertesning
“marsh” sinamasi
ni o’tkazish uchun bemor tik 
holatda turganida songa, faqat yuzaki venalarni bosib turuvchi bog’lam 
qo’yiladi. Bemordan 5 daqiqa yurish yoki bir joyda turib odimlash 
(“marsh” qilish) talab etiladi. Bunda teri osti venalarining puchayishi 
kuzatiladi va bu chuqur venalarning o’tkazuvchanligidan dalolat beradi. 
Yurishdan keyin venalarning bo’rtishi va boldir sohasida og’riq paydo 
bo’lishi, chuqur venalarda to’siq borligidan yoki jgutdan pastdagi 
komunikant venalarning ishlamasligidan dalolat beradi. 
Pratt-1 sinamasi.
Boldir aylanasiga o’lchangandan keyin bemor 
chalqancha yotqiziladi va venalar bo’shalgandan so’ng, oyoqqa teri osti 
venalarini bosib turadigan elastik bint bog’lanib, 10 minut yurish taklif 
etiladi. Og’riqning paydo bo’lishi chuqur venalar zararlanganini ko’rsatadi. 
Takror tekshiruvda boldir aylanasi o’lchamining ortishi – chuqur 
venalarning o’tkazuvchan emasligini ko’rsatadi. 
Komunikant venalar klapanlarining holati haqida tushunchani Pratt-2 
sinamasi, uch jgutli Sheynis sinamasi va Talman sinamasi beradi. 
Pratt-2 sinamasi.
Yotgan holatda teri osti venalari bo’shatilgandan 
so’ng oyoq panjasidan boshlab elastik bint bog’lanadi. Songa pupart 
boylami ustiga jgut bog’lanadi. O’rindan turish taklif qilinadi. Jgut ostiga 
ikkinchi elastik bint bog’lanadi. So’ngra pastdagi bint o’ram-o’ram qilib 
echiladi, yuqoridagi bintni esa oyoqqa bintlar orasida 5-6 sm ochiq joy 
qoladigan qilib pastga o’raladi. Bintlardan ozod bo’lgan uchastkada 
venalarning tez to’lishi bu erda ishlamaydigan klapanlari bo’lgan 
komunikant venalar borligini ko’rsatadi. Ularga ko’k dori surtib belgilab 
qo’yiladi. 
Sheynisning uchta jgutli sinamasi.
Teri osti venalari bo’shatilgandan 
keyin bemorga yotgan holatida: sonning yuqori uchdan bir qismiga, son 
o’rtasiga va tizzadan pastga uchta jgut qo’yiladi. O’rindan tik turish taklif 
qilinadi. Oyoqning jgutlar bilan chegaralangan biror qismida venalarning 
tez bo’rtib chiqishi shu sohada klapanlari ishlamaydigan komunikant 
venalar borligidan dalolat beradi.
Talman sinamasi.
Uchta jgut o’rniga yumshoq rezina naychadan 
yasalgan bitta uzun (2-3 m) jgut ishlatiladi. Uni oyoqqa pastdan yuqoriga 


O`quv qo`llanma
198 Sahifa 
spiral qilib bog’lanadi. Jgut o’ramlari orasida 5-6 sm masofa qolishi kerak. 
Oyoqning jgutlar bilan chegaralangan biror kesigida venalarning tez 
bo’rtib chiqishi shu uchastkada klapanlari ishlamaydigan komunikant 
venalar borligidan dalolat beradi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin