O`quv qo`llanma
196 Sahifa
63 – rasm. Boldir “mushak-venoz nasosi” ning me’yordagi sxemasi.
Odatda oyoqlar va qo’llardan qonning 80-90% gacha qismi chuqur
venalar bo’ylab oqib o’tadi.
Venalarning klapan etishmovchiligini aniqlash
. Oyoq yuzaki
venalari ostial klapani etishmovchiligini
aniqlash uchun Troyanov-
Trendelenburg va Gakkenbrux sinamalarini o’tkazish lozim bo’ladi.
Troyanov-Trendelenburg sinamasi.
Bemor gorizontal vaziyatda yotib
oyog’ini yuqoriga ko’taradi. Yuzaki venalar bo’shaganidan so’ng, katta teri
osti venasining son venasiga
quyiladigan joyi topilib, barmoq bilan
bosiladi va barmoqni olmasdan turib bemorning o’rnidan turishi so’raladi.
Bu sinamani bajarishda, barmoq bilan bosmasdan jgut qo’ysa ham bo’ladi.
Odatda katta teri osti venasi bo’shaydi, 20-30 sekund o’tgach venalar
pastdan yuqoriga qarab qon bilan to’la boshlaydi. Agar ostial klapani
etishmovchiligi bo’lsa, barmoq olingandan (yoki jgut echilgandan) keyin,
venalar tezda yuqoridan pastga qarab qon bilan to’ladi. Troyanov-
Trendelenburg sinamasi musbat bo’lgani,
katta teri osti venasining
klapanlari etishmovchiligidan darak beradi.
Gakkenbrux sinamasi (yo’tal turtkisi)
. Bu sinamada,
bemor
yo’talganda katta teri osti venasi son venasiga quyiladigan joyga qo’yilgan
barmoqlar turtkini sezadi. Gakkenbrux sinamasining musbatligi – katta teri
osti venasi ostial klapanidagi etishmovchilikni ko’rsatadi.