O`quv qo`llanma 52 Sahifa
pastki burun yo’li orqali tovush yorig’iga kiritiladi va traxeyagacha surib
kateter orqali 3-4 ml 10%li novokainni bosqichma-bosqich yuborish yo’li
bilan traxeobronxial shox anesteziya qilinadi. Bronxografiya uchun
quyidagi rentgenkontrast moddalar: sulfayodon, jeleyodon, propilyodon va
b. qo’llaniladi. Odatda ulardan biri, 10-15 ml miqdorda rentgen nazorati
ostida yuboriladi va suratga tushiriladi. Bundan so’ng, rentgenkontrast
modda aktiv aspiratsiya yo’li bilan so’rib olib tashlanadi. Ko’rsatmalar:
markaziy joylashgan bronx o’smalari, o’pkadan qon ketishi, traxeya va
bronxlardagi yot jismlar, o’pkaning yiringli kasalliklarida diagnostika va
sanatsiya qilish. Angiopulmonografiya o’pka arteriyasi yoki uning
tarmoqlariga kateter o’rnatib, u orqali rentgenkontrast modda yuborib,
uning rentgentasvirini olishdan iborat. O’pka patologiyasi tug’ma deb
shubhalanganda, o’pka tomirlari patologiyasida, o’pka arteriyasi
tromboemboliyasida, surunkali o’pka kasalliklarida o’pka-kapillyar qon
oqimi buzilish darajasini aniqlashda, xavfli o’pka tuzilmalarida – jarrohlik
amaliyoti o’tkazishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qilishda
bajariladi.
Bronxial arteriografiya – bronxial arteriyalarni kateterizatsiya qilish
va yuqorida ko’rsatilgan usul bo’yicha uning rentgentasvirini olish,
o’pkadan qon ketish manbaini va uning sababini aniqlashda, shuningdek
davolash maqsadida o’tkaziladi.
Diagnostik pnevmotoraks. Plevra bo’shlig’iga 300-600 ml havo
yuborilgandan keyin rentgenografiya qilishdir. Bu usuldan, odatda o’pkaga
aloqasi bo’lmagan tuzilmalar va o’pka ichidagi jarayonlarni differentsial
diagnostika qilish uchun foydalaniladi.
Diagnostik pnevmoperitoneum – qorin bo’shlig’iga 1000-2000 ml
havo yuborib, so’ngra rentgenografiya qilishdan iborat. Jigar, diafragma,
diafragma ostida joylashgan a’zolar, plevra bo’shlig’i va o’pkadagi
tuzilmalar
holatini
aniqlash,
diafragmal
churralarni
differentsial
diagnostikasi uchun foydalaniladi.
Radioizotoplar yordamida tekshirish usullari, jumladan izotop
yordamida skanerlash, perfuzion stsintigrafiya, ingalyatsion stsintigrafiya –
o’pkadagi qon oqimi va ventilyatsiya buzilishlarini aniqlashga imkon
beradi. Bu usullardan foydalanish, bugungi kunda cheklangan bo’lib, ular