Gospital xirurgiyasi 53 Sahifa
o’rnini ko’krak qafasi va o’pkani ultaratovush yordamida tekshirish,
komp’yuter tomografiya va boshqa noinvaziv usullar egallamoqda.
Torakoskopiya – torakoskop yordamida plevra bo’shlig’ini vizual
ko’zdan kechirishdir. Ayniqsa, bu usul pnevmotoraks sodir bo’lganda
nafaqat diagnostika uchun tekshiruv usuli, balki davolash uchun –
pnevmotoraks sababini bartaraf etish, ma’lum operatsiyalarni o’tkazish
uchun ham imkoniyat beradi.
Tashqi nafas olish funktsiyalarini tekshirish usullariga spirografiya,
umumiy pletizmografiya, pnevmotaxografiyalar kirib, ular nafas a’zolari
kasalliklarini ilk bosqichida aniqlash, diagnoz qo’yish, funktsiyalarining
buzilish yoki kompensatsiya darajasini aniqlash, davolash-profilaktika
tadbirlarining ta’sirchanligiga baho berishga yordam beradi.
Nafas olish a’zolari nuqsonlari O’pka gipoplaziyasi – o’pka parenximasi, periferik bronxlar va qon
tomirlarining o’sib etilmasligidan iborat nuqson. Klinik manzarasi
ikkilamchi yallig’lanish jarayoni bilan ta’riflanadi va bronxoektatik
kasallikdan kam farq qiladi. Rentgenologik usullar (bronxografiya,
angiopulmonografiya) va bronxoskopiya yordamida diagnostika qilinadi.
Konservativ muolaja kamdan-kam foyda beradi. Operativ davolash:
segmentektomiya, lobektomiya, pulmonoektomiyadan iborat.
O’pkaning kistoz gipoplaziyasi (polikistoz) – o’pka parenximasi,
bronxlar va qon tomirlarning subsegmentar bronxlar va tarmoqlar
darajasida kistoz bo’shliqlar shakllanishi bilan o’tadigan tug’ma
kasalligidir. Klinik manzarasi yallig’lanish jarayonining qo’shilib kelishi
va o’pkaning surunkali yiringli kasalliklari klinik manzarasiga o’xshash.
Rentgenografiya, bronxografiya, angiopulmonografiya va bronxoskopiya
yordamida diagnostika qilinadi. Davolash odatda jarrohlik usulida:
lobektomiya, pulmonoektomiya. Konservativ muolaja (surunkali yiringli
o’pka kasalliklaridagi muolajaga o’xshash) jarrohlik amaliyotidan oldingi
tayyorgarlik sifatida, shuningdek jarrohlik amaliyotiga monelik qiladigan
hollardagina o’tkaziladi.