O`quv qo`llanma
48
Sahifa
O’PKA VA PLEVRA KASALLIKLARI
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
O’pka – juft a’zo bo’lib, ikkala o’pka ham ko’krak qafasi ichida
joylashgan. O’ng o’pkani chap o’pkadan ko’ks oralig’i ajratib turadi. Har
bir o’pka ko’krak bo’shlig’ida tolali-elastik parda (plevra) bilan qoplangan
katta bo’shliqni to’ldirib turadi. Bu parda, ya’ni parietal plevra yuzasini
mezoteliy yassi hujayralari bilan qoplangan bo’lib, har bir o’pka ham, o’z
navbatida shunday parda – vistseral plevraga o’ralgan bo’ladi.
Nafas olish harakatlari
amalga oshirilayotgan vaqtda, har qaysi
o’pkaning ko’krak qafasida ozod harakatlanishini ta’minlash uchun,
parietal va vistseral plevralar orasida juda oz miqdorda sirpanuvchan
xususiyatlari nihoyatda yuqori bo’lgan – plevralararo suyuqlik bo’ladi. Bu
harakatlarda o’pkaning bronxlar va qon tomirlar kiradigan qismi – o’pka
o’zagi (darvozasi) ishtirok etmaydi. Parietal plevra o’z navbatida 3 qismga
bo’linadi: qovurg’a qismi, diafragmal va ko’ks oralig’i plevrasi.
O’ng o’pkaning hajmi, chap o’pkaga nisbatan kattaroq bo’lib, ayni
vaqtda u birmuncha kalta va serbar bo’ladi. Har qaysi o’pkada uchta yuza:
tashqi (qovurg’a), pastki (diafragmal) va ichki (ko’ks oralig’i) yuzalari farq
qilinadi. Har bir o’pka egatlar vositasida bo’laklarga bo’linadi. Ikkala
o’pkada bo’ladigan egatlardan biri – egri egat nisbatan yuqorida (o’pka
Gospital xirurgiyasi
49 Sahifa
cho’qqisidan 6-7 sm pastda) boshlanadi, so’ngra pastga diafragma
yuzasiga
qiya holda tushib, o’pka to’qimasiga chuqur kiradi. Shu egatlar
yordamida har bir o’pka yuqori va pastki bo’laklarga bo’linadi. Chap
o’pkadan farqli ravishda o’ng o’pka yana ikkinchi – gorizontal egatga
ega.U IV qovurg’a sathidan o’tadi. Shu bilan u o’ng o’pka yuqori
bo’lagidan o’rta bo’lakni tashkil qiladigan
ponasimon qismini ajratib
turadi.
Shunday qilib, o’ng o’pkada uchta bo’lak: yuqori, o’rta va pastki
bo’laklar bo’ladi. Chap o’pkada esa ikkita bo’lak: yuqori va pastki bo’lak
tafovutlanadi. O’ng o’pkaning o’rta bo’lagiga chapda “til” bo’lagi to’g’ri
keladi. O’pkalarning har bir bo’lagida bosh bronx tarmog’i hisoblangan
alohida bronx bo’lagi bo’ladi. Bronx bo’laklari o’z navbatida segmentar
bronxlarga bo’linib, ularning har biri o’pkaning tegishli bo’limi bilan birga
bronx-o’pka segmenti nomini olgan segmentlarni hosil qiladi. Segment o’z
tashqi ko’rinishi bo’yicha asosi o’pka periferiyasiga, cho’qqisi esa o’pka
ildiziga qaragan piramida shaklini eslatadi. Insonda har bir o’pka
asosan
o’n segmentdan tashkil topgan bo’ladi, bunda yuqori bo’lakda 3 ta bronx-
o’pka segmenti, o’rta bo’lagida va chap o’pkaning unga o’xshash til
qismida 2 ta segment, pastki bo’lagida 5 ta (yuqori va 4 ta bazal)
segmentlari bo’ladi. Ikkala o’pkaning pastki bo’laklarida hamma
hollarning deyarli yarmida qo’shimcha segment uchraydi.
O’pkani segmentlarga bo’linishi klinika uchun katta ahamiyatga ega
bo’ladi.
Chunki bunga qarab, bemorda patologik “o’choq”ning qaerda
joylashganini (lokalizatsiyasini) aniq topish va o’pkani maqsadga muvofiq
(tejamli, segmentar) rezektsiya qilish imkoniga ega bo’lamiz. Bronx-o’pka
segmentlari o’z arteriyalari va nervlariga, venalari esa segmentlararo
biriktiruvchi to’qima tarkibida boradigan
segmentlararo vena qon
tomirlariga ega bo’ladi.
O’pkani qon bilan ta’minlashda ikkita sistema – o’pka va bronxial
qon tomirlari qatnashadi. O’pka qon tomirlari sistemasi asosan nafas olish
faoliyatida ishtirok etadi, bronxial qon tomirlar sistemasi esa, o’pka
to’qimasini oziqlantirish faoliyatini bajaradi. Bronxial arteriyalar ko’krak
aortasi tarmoqlari bo’lib, odatda
bronxiolalargacha etib boradi, o’pka
alveolalari esa o’pka arteriyasi sistemasi orqali amalga oshiriladi. Bronxial
va o’pka arteriyalari tarmoqlari orasida anastomozlar bo’ladi. Venoz qon