Gospital xirurgiyasi
47 Sahifa
o’smaning xavfsiz xarakteriga shubha qilinganda
biopsiyani nihoyatda
ehtiyotlik bilan o’tkazish lozim, chunki gemangiomalarda kuchli qon
oqishlar yuz berishi mumkin.
17 - rasm. Qizilo’ngach-me’da sohasidagi kartsinoma (endoskopiya).
O’smaning aynishi yoki boshqa asoratlar paydo bo’lishining oldini
olish (qon oqishi, yallig’lanish va x.k.) uchun xirurgik davo (hatto
o’smaning o’lchamlari kichik va simptomlari kam bo’lsa-da) qilinadi.
Oyoqchali o’smani ezofagoskop yordamida olib tashlash mumkin.
Qizilo’ngach ko’krak bo’limining intramural o’smalarida torakotomiya
talab etiladi. O’smaning xarakteri, o’lchamlari va joylashuviga ko’ra uning
enukleatsiyasi yoki qizilo’ngach rezektsiyasi operatsiyasi o’tkaziladi.
Qizilo’ngach devoridagi katta nuqsonlar o’rnini to’ldirish
uchun
alloplastika (E.N. Vantsyan) yoki diafragma laxtagi bilan plastika qilinadi.
Qizilo’ngach xavfsiz o’smalarini olib tashlash operatsiyasidan keyingi davr
odatda asoratlarsiz o’tadi. Keyinchalik o’smaning qaytalanish hollari qayd
qilinmagan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, qizilo’ngachning xavfsiz
o’smalarini diagnostika qilishda klinik ma’lumotlarga oqilona baho berish
bilan birga zamonaviy tekshirish usullarini qo’llanishining ahamiyati katta.
O’smalarning xavfli aynishga uchrash imkoniyatini
bartaraf qilish uchun
ularni iloji boricha erta olib tashlash zarur.
Dostları ilə paylaş: