Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Qizilo’ngach o’smalari 
Qizilo’ngach o’smalari: xavfsiz va xavfli o’smalarga bo’linadi. 
Qizilo’ngachning xavfsiz o’smalari kamdan-kam uchraydi. Palmer 
ma’lumotlariga binoan adabiyotda qizilo’ngach xavfsiz o’smalarining 
qariyb 350 hodisasi tasvirlangan. Qizilo’ngachning xavfsiz o’smalari 
ko’proq, erkaklarda uchraydi. O’smalar aksariyat qizilo’ngachning yuqori 
uchdan bir va o’rta qismida joylashadi.
Morfologik tuzilishi jihatidan bu o’smalar epitelial o’smalar qatoriga 
kiradi. Bularga qizilo’ngach poliplari, biriktiruvchi to’qimadan tashkil 
topgan o’smalar (fibroma, fibrolipoma), tomir to’qimasidan kelib chiqqan 
o’smalar (gemangioma), nerv to’qimasidan paydo bo’lgan o’smalar 
(neyrofibroma), mushak to’qimasidan hosil bo’lgan o’smalar (leyomioma) 
kiradi. Qizilo’ngachda aksariyat leyomiomalar (70% hollarda) rivojlanadi. 
Etiologiyasi va patogenezi.
Qizilo’ngachning xavfsiz o’smalari 
paydo bo’lishi, umuman o’smalarning paydo bo’lishi singari, etarlicha 
o’rganib chiqilmagan. Bu o’rinda juda issiq, qattiq va achchiq ovqatlar 
iste’mol qilish natijasida qizilo’ngach shilliq pardasining surunkali tarzda 
ta’sirlanib turishining ahamiyatini qayd qilib o’tish lozim. 
Patologik anatomiyasi.
Qizilo’ngachning xavfsiz o’smalari yakka 
va ko’p sonli bo’lishi mumkin. Bo’shliq ichidagi (intramural, shilliq 
pardadan tashqaridagi) xavfsiz o’smalar farq qilinadi. Ko’pchilik hollarda 
bo’shliq ichi o’smalari uchraydi. Ularda oyoqcha bo’lishi ham, bo’lmasligi 
ham mumkin. Oyoqchali o’smalar (aksariyat fibromalar) odatda 
qizilo’ngachning eng proksimal yoki distal bo’limida joylashadi. 
O’smaning o’lchamlari birmuncha katta. Eng yirik o’smani (leyomioma) 
Kepper tasvirlagan, uning og’irligi 1 kg 420 g bo’lgan. Leyomiomalar ko’p 
uchraydi, ular yakka-yakka va ko’p sonli tugunlar ko’rinishida bo’ladi. 
Qizilo’ngach devorining butun mushak qatlami ichiga diffuz kirgan ko’p 
sonli mayda tugunchalar ko’rinishidagi tarqalgan leyomiomatoz ham 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin