Gospital xirurgiyasi
41 Sahifa
divertikullar kuzatiladi. Ularning paydo bo’lishida qizilo’ngach
innervatsiyasi buzilishi yoki reflektor ta’sirlar
natijasida unda
motorikaning izdan chiqishi asosiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Patologik anatomiyasi.
Qizilo’ngach o’rta uchdan bir qismining
divertikuli, devorlarining konussimon yoki yumaloq bo’rtib chiqishi bilan
ifodalanib, ular yuqoriga yo’nalgan, traxeya yoki boshqa a’zolar bilan
biriktiruvchi to’qima bitishmalari orqali yopishgan. Bu divertikullarning
diametri 1-2 sm va ahyon-ahyonda undan kattaroq, ular ko’p sonli bo’lishi
mumkin. Divertikul devori qizilo’ngach devoriga o’xshash tuzilgan. Shilliq
pardasi
aksari giperemiyalangan, eroziyalari ham bo’lishi ham mumkin.
Bunday divertikulning odatda bo’yni bo’lmaydi va qizilo’ngach bo’shlig’i
bilan keng tutashib turadi, shunga ko’ra ularda ovqat tutilib va turib qolishi
kamdan-kam bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: