Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
35 Sahifa 
hisoblanadi. Dastlabki kunlari hiqildoq shishishi, shok, aspiratsion 
zotiljam, periezofagit, mediastinit, buyrak zararlanishi, atsidoz sababli 
degidratatsiya yoki koma singari asoratlar davolanadi. Profilaktika 
maqsadida antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin, neomitsin) parenteral 
yuboriladi. Agar bemor 3 kun ichida suyuqlik icha olmasa, gastrostomiya 
qilish buyuriladi. Og’ir disfagiyada sutkasiga 2-3 l glyukoza eritmasi yoki 
0,85%li NaCl eritmasi tayinlanadi. Sog’ayish davrida 1-2 xafta o’tgach 
rentgenologik tekshiruv o’tkazish qizilo’ngachning boshlanib kelayotgan 
torayishini aniqlashga imkon beradi. 
Kimyoviy kuyishdan keyin qizilo’ngach strikturasini davolashning 
asosiy usuli bujlash hisoblanadi, bu usul 90-95 foiz bemorlarning sog’ayib 
ketishiga olib keladi. Kuyishning 9-11-kunidan boshlab bujlashga turi 
bo’yicha, kechikib bujlash qizilo’ngachning rivojlanib bo’lgan torayishini 
kengaytirish maqsadida o’tkaziladi. Bujlash 7-haftadan boshlanadi. 
Bujlashni qizilo’ngachning kuyishdan keyin strikturalari qolgan hamma 
bemorlarda toraygan joy orqali metall o’tkazgich kiritish mumkin bo’lgan 
hollarda o’tkaziladi. 
Bujlashga monelik qiladigan hollar: mediastinit, qizilo’ngach-
bronxial oqma yarasi. Barqaror klinik natija olish uchun bujlash bilan 
davolashni bir necha haftalar va xatto oylar mobaynida o’tkazish zarur 
bo’ladi va quyidagilar qo’llaniladi: 1) og’iz orqali «ko’rmasdan» bujlash; 
2) qizilo’ngachni rentgen kontrast kovak plastmassa bujlar bilan bujlash;
3) ezofagoskop nazorati ostida bujlash; 4) «to’xtovsiz bujlash» tamoyili 
bo’yicha bujlash; 5) retrograd bujlash. Og’iz orqali «ko’rmasdan» bujlash 
qizilo’ngachning yuqori va o’rta ko’krak bo’limlaridagi uncha katta 
bo’lmagan barmoqsimon strikturalarida qilinishi lozim.
Davolash maxsus bujlar yig’indisi yordamida o’tkaziladi. Agar buj 
oson o’tsa, keyingi gal raqamiga qarab yo’g’onroq buj kiritiladi. Bujlash 
usuli metall o’tkazgichlar va rentgenkontrast kovak bujlar qo’llanilganda 
takomillashtirilgan. U striktura yo’lini va bujning qizilo’ngach bo’yicha 
surilishini aniqlash uchun rentgenologik nazorat qilish imkonini beradi, bu 
hol muolaja samaradorligini oshiradi va qizilo’ngachning teshilish xavfini 
kamaytiradi. Ezofagoskop nazorati ostida bujlash o’tkazgichni kiritish 
qiyinlashgan ekstsentrik joylashgan strikturada, buralgan torayish kanalida, 
ro’y-rost suprastenotik kengayishda bajarilishi kerak. «To’xtovsiz bujlash» 


O`quv qo`llanma
36 Sahifa 
naysimon, buralma yoki ko’p sonli strikturalari bor bemorlarda 
gastrostoma orqali qo’llaniladi. Og’iz orqali kiritilgan va gastrostoma 
orqali kiritilgan ipak ipga turli xil diametrdagi rezina naychalar 
mahkamlanadi. Ularni to’g’rilab, toraygan qism orqali o’tkaziladi va bir 
necha soatcha qoldiriladi. Gastrostoma orqali retrograd bujlash xavfsizroq 
hisoblanadi va bemorlar ularni osonroq, ko’taradilar. Ayrim bemorlarda 
ezofagit hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Qizilo’ngach teshilishi va 
mediastini rivojlanishi bujlashning xavfli asorati hisoblanadi.
Qizilo’ngachning chandiqli strikturalarida operatsiyaga ko’rsatmalar: 
1) qizilo’ngach bo’shlig’ining to’liq, obliteratsiyasi (berkilib qolishi);
2) striktura orqali buj o’tkazishga bir necha marta muvaffaqiyatsiz 
urinishlar; 3) takroriy bujlashdan keyin chandiqli strikturalarning tez 
qaytalanib turishi; 4) traxeya yoki bronx bilan qizilo’ngach oqma yaralari 
borligi; 5) bujlashda qizilo’ngachning takroriy teshilishi. Bemor juda ozib 
ketganda davolashning birinchi bosqichi sifatida unga gastrostoma 
qo’yiladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin