Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Klinik manzarasi.
O’yuvchi ishqor yoki kislota ichilgan og’ir 
hollarda og’iz bo’shlig’i, halqumda, to’sh orqasida yoki epigastral soxada 
qattiq achishish va kuchli og’riq paydo bo’ladi. Lablar shishib ketadi
bemor ranggi bo’zaradi. Bradikardiya yuzaga keladi. Shok, hushdan ketish 
va o’lim yuz beradi. Agar 1-2 kun ichida o’lim sodir bo’lmasa, hiqildoq 
shishishi, shilliq va qon aralash yoki shilliq parda bo’lakchalarini qusish 
sababli og’ir nafas qisishi yuzaga keladi. Lablar va og’iz bo’shlig’i 
shishgan, qonab turadi. Harorat ko’tariladi. Yutinib bo’lmaydi. 
Qizilo’ngach teshilishi sababli qon oqadi, o’tkir mediastinit belgilari paydo 
bo’ladi. O’lim 3-4 kun o’tgach sodir bo’lishi mumkin. 
O’rtacha og’irlikdagi kechish hollarida bir necha kunlardan keyin 
og’riq kamayadi, biroq yutinish qiyinlashganicha qoladi, ko’p so’lak 
ajraladi yoki so’lak va qizilo’ngach shilliq pardasi bo’lakchalari qayt 
qilinadi. 10-20 kundan keyin bemor suyuqlikni asta-sekin yuta oladigan 
bo’lib qoladi, qizilo’ngach spazmlari keltirib chiqargan disfagiya 
kamayadi. 
Ezofagoskopiyada pardalar bilan qoplangan, ba’zi joylarida 
eroziyasi, keyinroq chandiqli o’zgarishlari bo’lgan shilliq parda shishi 
ko’rinib turadi. Asta-sekin bemor bemalol yuta oladigan bo’ladi, biroq bir 
necha hafta o’tgach yana disfagiya paydo bo’ladi va u qizilo’ngachning 
chandiqli torayishi yuz berganda yanada kuchayadi: avvaliga qattiq, 
so’ngra esa suyuq ovqatning ham o’tishi qiyinlashadi. Bu disfagiya ko’p 
so’lak ajralishi va qizilo’ngachdan qusish bilan o’tadi. Qizilo’ngachdan 
qusish avvaliga ovqat eyish vaqtida, keyin bevosita ovqatdan keyin ham 
yuz beradi.
 
Kasallikning kechikkan muddatlarida qizilo’ngachning asta-sekin 
kengayishi natijasida toraygan joydan yuqorida qizilo’ngachdan qusish 
ko’proq bo’ladi. Och qolish oqibatida bemorning umumiy ahvoli 
nochorlashadi: bemor nihoyatda ozib ketadi, doimiy ochlik sezgisiga azob 
beradigan tashnalik ham qo’shiladi. Shunday qilib, qizilo’ngachning 
kuyishi 3 davrga bo’linadi: 1) o’tkir davr – shilliq pardada qizarish, shish 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin