Gospital xirurgiyasi 29 Sahifa
Qizilo’ngachning mushak devori ichki doira mushaklar va tashqi
bo’ylama tolalardan iborat. Ular o’rtasida g’ovak biriktiruvchi to’qima
qatlami bo’ladi, unda yirik tomirlar va nervlar joylashgan. Bo’ylama
mushak qavati odatda tsirkulyar qavatdan ikki baravar yupqa,
qizilo’ngachning yuqori uchdan bir qismida mushaklar ko’ndalang-targ’il,
mushak pardasining uchdan bir pastki qismi silliq mushaklardan tashkil
topgan. Sfinkter ahamiyati bo’lgan mushak qavatining qalin qismi
qizilo’ngachga kirish qismida va diafragmal torayma sathida bo’ladi.
F.F. Saks (1964) fikricha, katta odamda qizilo’ngach mushak qavati
tsirkulyar qatlamining qalinligi kardiya sohasida 2,2 mm, bu uning
birmuncha proksimal qismlaridagi qalinligidan 1,5-2 marta ortiqdir.
Qizilo’ngach tashqi tomondan g’ovak biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan,
undan limfatik va qon tomirlar, biriktiruvchi to’qimadan iborat tortmalar
o’tadi. Chunonchi, qizilo’ngachning oldingi chap devorini chap bronx
asosi bilan bog’lab turadigan chap qizilo’ngach – bronxial boylami,
qizilo’ngachning orqachap devorini aorta ravog’ining botiq yuzasiga taqab
turadigan qizilo’ngachaortal boylami va qizilo’ngachning distal bo’limini
diafragmaga taqab turadigan Morozov-Savvin boylami kabilar farq
qilinadi. Qizilo’ngachning abdominal kesigi seroz parda bilan qoplangan
bo’ladi.
Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi. Qizilo’ngach arterial qon
bilan o’mrov osti arteriyasi tarmoqlarining yuqori qismida, yuqori
qovurg’alararo va qalqonsimon bez arteriyasidan, ko’krak qismida pastki
diafragmal va chap me’da arteriyalari tarmoqlaridan ta’minlanadi.
Qizilo’ngach arteriyalari o’zaro keng anastomoz hosil qiladi. Bu hol shu
a’zoda operatsiya o’tkazishda juda qo’l keladi. Venoz oqim pastki
qalqonsimon, perikardial, orqa ko’ks oralig’i va diafragmal venalar orqali
amalga oshiriladi. Qon vv. azygos va hemiazygosga quyiladi. Qizilo’ngach
venalari asosan uzunasiga joylashgan bo’lib, uning pastki uchdan bir
qismida shilliq parda osti va mushak pardalarida me’daning kardial qismi
shilliq pardasi ostidagi chigalning davomi hisoblangan murakkab venoz
chigal bo’ladi. Qon venoz chigaldan qizilo’ngach venalari bo’ylab, vv.
azygos va hemiazygos ga va yuqori kovak venaga yo’naladi, bu
venalarning klapanlari bo’lmaydi. Qizilo’ngachning qorin qismi venalari
me’da venalari va qopqa vena bilan bevosita bog’langan. Qizilo’ngach