Gospital xirurgiyasi
27 Sahifa
11 – rasm. Qizilo’ngachga fiziologik toraymalari
.
1 – xalqum toraymasi, 2 – aortal toraymasi, 3 – diafragmal toraymasi
Qizilo’ngach anatomik jihatdan uch qismga bo’linadi: bo’yin qismi
(pars cervicalis – boshlanishdan orqa ko’ks oralig’iga kirish qismigacha –
5-6 sm), ko’krak qismi (pars thoracalis – ko’krak qafasidan
diafragmagacha – taxminan 17 sm) va qorin qismi (pars abdominalis –
diafragmadan chiqishdan me’daning kardial qismi bilan tutashguncha –
2-4 sm).
Qizilo’ngach o’z yo’lida qator a’zolar bilan duch keladi yoki ularga
anatomik
jihatdan yaqin, qizilo’ngachning oldingi tomonida yuqorida
traxeya turadi. Traxeya bifurkatsiyasi sathida qizilo’ngachni
chap bronx
kesib o’tadi. Pastroqda esa, perikard bilan ajratilgan o’ng bo’lmaning orqa
yuzasi joylashadi. Diafragmal teshik orqali o’tishning oxirida, endi qorin
pardasi bilan qoplangan qizilo’gach jigarning chap bo’lagiga tegib turadi.
Qizilo’ngach orqasida umurtqa pog’onasining bo’yin
qismi va birinchi
ko’krak umurtqalari joylashadi. Th10 yordamida u ko’krak yo’lini (ductus
thoracicus) kesib o’tadi va umurtqa pog’onasidan uzoqlashadi,
qizilo’ngach orqasida ichkarida o’ng tomonda toq vena (v. azygos), chap
tomonda ko’krak aortasi, ular orasida esa ko’krak yo’li joylashadi. Shu