Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti


 – rasm. Qizilo’ngach chandiqli strikturasini stentlash



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

14 – rasm. Qizilo’ngach chandiqli strikturasini stentlash. 
Operatsiya usulini tanlashda bemorning yoshi va umumiy xolati, 
qizilo’ngachning toraygan joyi va uning qancha sohani egallagani hisobga 
olinadi. Ko’pchilik bemorlarda bir bosqichli plastik operatsiyalar 
o’tkaziladi. Ko’p bosqichli plastikani esa, holsizlangan bemorlarda 


Gospital xirurgiyasi
37 Sahifa 
bajariladi. Segmentar strikturalarda qizilo’ngachda har turli qisman plastik 
operatsiyalar qilinadi. Qizilo’ngachning quyi qismi yoki kardiyasi 
zararlanganda quyidagilar: chetki qizilo’ngach-me’da anastomozi qo’yish, 
zararlangan qismni rezektsiya qilish va uni me’daning katta egriligidan 
hosil qilingan naycha, ingichka yoki yo’g’on ichakdan olingan transplantat 
bilan almashtirish qo’llaniladi.
Halqum, qizilo’ngachning buyin yoki bo’yin-ko’krak bo’limi 
zararlanganda proksimal qisman plastika bajariladi. Ingichka va yo’g’on 
ichaklardan olingan transplantatlardan foydalaniladi. Transplantatning bir 
uchini qizilo’ngachning toraygan joyidan yuqorida, boshqa qismini undan 
pastda anastomoz qilinadi. Striktura ko’p joyni egallagan hollarda ingichka 
yoki yo’g’on ichakdan olingan transplantatni to’sh oldida va to’sh ichida 
(retrosternal, plevra ichi, mediastinum orqasida) joylashtiriladigan total 
plastika qilish tayinlanadi. 
Kuyish sodir bo’lganidan 2 yil o’tmasdan sun’iy qizilo’ngach 
vujudga keltirishga kirishmaslik kerak. Shu muddat o’tgandan keyingina 
qizilo’ngachning chandiqlanish darajasi aniqlanishi mumkin va shakllanib 
bo’lgan chandiqli to’qimaning qizilo’ngach bo’shlig’ini konservativ usullar 
bilan kengaytirishga imkon bermasligi ma’lum bo’ladi. 
Qizilo’ngach divertikullari 
Qizilo’ngach divertikullari – qizilo’ngach devorining chegaralangan 
bo’rtib chiqqan joylaridir. So’nggi vaqtlarda qizilo’ngach divertikullari, 
ilgari tasavvur qilinganidek, kam uchraydigan kasallik emasligi aniqlandi. 
Bu klinik amaliyotga rentgenologik tadqiqotlarning keng joriy qilinishi, 
aholining profilaktik maqsadlarda yalpi rentgenologik tekshiruvlardan 
o’tkazilishi bilan bog’liq.
Rokitansky, 1840 yildayoq divertikullarni pulsion va traktsion 
turlarga bo’lgan edi. Pulsion divertikullar qizilo’ngach bo’shlig’ida uning 
qisqarishlari vaqtida paydo bo’ladigan bosim ta’siri ostida qizilo’ngach 
devorining bo’rtib chiqishi natijasida hosil bo’ladi, traktsion 
divertikullarning paydo bo’lishi esa atrof to’qimalardagi yallig’lanish 
jarayoni va qizilo’ngach devorini kasal a’zo yo’nalishida tortadigan 
(tractio) chandiqdar hosil bo’lishi bilan bog’liq (o’pka ildizlari sohasida 
limfatik tugunlarga tomon yo’nalishda yoki bu tugunlar sildan 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin