Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Klinik manzarasi.
Kichik divertikul bir necha yilgacha yuzaga 
chiqmasligi yoki halqumda achishish, qirilish sezgisi, yo’tal, halqumda yot 
jism bordek his qilish, yutinish buzilishi, ko’p so’lak oqishi, og’izdan 
badbo’y hid kelishi, ko’ngil aynishi kabi simptomlarni paydo qilishi 
mumkin. Ko’ngil aynish belgisi ba’zan me’da kasalligi to’g’risida 
o’ylashga majbur etadi. Divertikul qopchasi kattalashuvi bilan bir vaqtda 
yutishning buzilishi paydo bo’ladi. Bemorga hiqildoq orqasida ovqat 
to’xtab qolayotgandek tuyuladi, agar qopcha katta bo’lsa, qizilo’ngachning 
yuqori qismida to’xtab qolayotgandek bo’ladi. Ovqat luqmasi to’xtashi 
Bensaude va Gregorie «Blokada fenomeni» deb tasvirlagan qator 
simptomlar bilan o’tadi: bemor yutish harakatlari qiladi, shundan keyin 
yuzi qizarib, nafasi qisa boshlaydi, qayt qilganidan keyin engil tortadi. 


O`quv qo`llanma
40 Sahifa 
Agar qayt qilmasa, boshi aylanadi, qisman hushdan ketish holati yuzaga 
keladi. Regurgitatsiya yoki qayt qilish har kuni bo’lsada, ovqat 
divertikulda kamdan-kam bir necha kun turib qoladi. Divertikul 
suyuqligining regurgitatsiyasi va uning nafas yo’llariga tushishi aspiratsion 
zotiljam kasalliklariga sabab bo’ladi. 
Boshqa simptomlardan qaytuvchi nerv bosilishi oqibatida paydo 
bo’ladigan tovush bug’ilishi, traxeyaning bosilishi sababli nafas olish 
qiyinlashuvini ko’rsatib o’tish mumkin. Umumiy holat bir necha yilgacha 
unchalik o’zgarmay qoladi. Qator hollarda bemor ozib ketadi. Ko’zdan 
kechirilganda ko’pincha bo’yinda bo’rtib chiqqan joy ko’rinadi
(bosh orqaga tashlanganda). Ba’zan u buqoqni eslatadi. Bo’rtma yumshoq 
konsistentsiyali bo’lib, bosilganda kichiklashadi. Bemorga suv ichirib 
bo’rtib chiqqan joy urib ko’rilganda chayqalish shovqinini eshitish 
mumkin (Kuper belgisi). 
Rentgenologik tekshirishda kontrast modda divertikulni to’ldiradi, 
so’ngra esa qizilo’ngachga o’tadi. To’lgan divertikul qizilo’ngachning orqa 
yoki yon tomonidan ko’rinib turadi. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin