Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
33 Sahifa 
va yara paydo bo’lish vaqtida; bu davrda kuchli og’riq sababli yutish 
mumkin bo’lmay qoladi; 2) o’rtacha o’tkir – granulyatsiya davri; bemor 
ichish va ovqat eyish imkoniyatiga ega bo’ladi, biroq yutish og’riq bilan 
o’tishi mumkin; 3) surunkali – qizilo’ngachning tobora torayishi, 
disfagiyaning qaytalanishi, ozib ketish davri. 
Rentgenologik tekshirish.
Kamdan-kam rentgenologik tekshirish 
ob’ekti bo’ladigan qizilo’ngachning yangi kuyish hollarida shilliq parda 
burmalari shishini va lokal spazmlarni aniqlashga muvaffaq bo’linadi. 
Birmuncha kechikkan muddatlarda rentgenologik tekshirishda torayish 
bo’lgan joyni, darajasini, konturlarini aniq bilib olsa bo’ladi. 
12 – rasm. Qizilo’ngach kuyishidan keyingi chandiqli torayishi. 
 
Ezofagoskopiya.
Halqasimon (eng ko’p uchraydigan formasi) 
torayishda ranggi o’rab turgan shilliq pardaga qaraganda ochroq fibroz 
halqa topiladi. Toraygan bo’shliq odatda markazda joylashgan va 
ko’pincha yulduzsimon shakldagi chandiq bilan o’ralgan. Ba’zan torayish 
klapan shaklida bo’ladi. Ayrim hollarda kuyishdan keyingi stenozlarni rak 
stenozlaridan farq qilish qiyin bo’ladi. Torayish sohasi tepasida 
qizilo’ngachning ozmi-ko’pmi kengayganligi xavfli emasligidan dalolat 
beradi. 


O`quv qo`llanma
34 Sahifa 
13 – rasm. Qizilo’ngach ximik kuyishining endoskopik 
ko’rinishi. 
 
Kechishi va asorati.
O’yuvchi ishqorlardan og’ir zaharlanishlarda 
bemorlar intoksikatsiya, shok, qizilo’ngach perforatsiyasi, yiringli asoratlar 
rivojlanishi va boshqa sabablardan nobud bo’ladilar. Qizilo’ngach va 
me’dadan og’ir qon ketish hollari asoratlar sifatida kuzatilishi mumkin. 
Kamdan-kam hollarda, odatda ishqorlardan kuyishda, qizilo’ngach – 
bronxial oqma yaralar paydo bo’ladi. Qizilo’ngachning kimyoviy 
moddalardan kuyishida aksariyat xirurgik davolashni talab qiladigan uning 
chandiqli torayishi eng ko’p uchraydigan asorat hisoblanadi. Qizilo’ngach 
torayishi bemorlarning anchagina holsizlanishiga olib keladi. Ayrim 
hollarda mediastinit, o’pka va plevra yiringli jarayonlari kabi asoratlar 
paydo bo’ladi. 
Diagnostikasi unchalik qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Anamnez va 
yo’qolmaydigan disfagiya rentgenologik tekshirish va ezofagoskopiya 
bilan aniqlanadigan qizilo’ngach torayishining etarli belgilaridan 
hisoblanadi. Davolash va profilaktikasi. Shoshilinch muolaja: tezlik bilan 
kasalxonaga yotqizish, morfin in’ektsiyasi va suyuqlik kiritish hamda 
me’dani yuvish uchun ko’p qilib moy surtilgan me’da zondi kiritishdan 
iborat. Ishqorlar bilan zaharlanishda suyultirilgan sirka kislota eritmasi 
yoki o’simlik moyi bilan, kislotalardan zaharlanishda soda eritmasi bilan 
yuviladi. Shubhali hollarda me’da sut yoki bufer eritmalari bilan yuviladi. 
Zond kiritishdan avval kimyoviy modda tabiatiga ko’ra soda, sirka kislota 
yoki sutni ko’p miqdorda ichish buyuriladi. Neytrallaydigan modda kiritish 
zaharlanishdan keyin dastlabki 4 soat ichidagina maqsadga muvofiq deb 



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin